Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi finalida “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” jamoalari 3-iyun, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi. 

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 14-soniyasidayoq hisob ochildi. Ilkay Gundo‘g‘an jarima maydonidan tashqarida ajoyib zarba berib, de Xea darvozasini ishg‘ol qildi. 33-daqiqada esa Brunu Fernandesh penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda Ilkay dublni rasmiylashtirdi. “Shaharliklar” yarim himoyachisi 51-daqiqada o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi.

Shu tariqa manchesterliklar derbisida “Siti”ning qo‘li baland kelib, Kubok sohibiga aylandi. 


Angliya Kubogi

Final

3-iyun, shanba

“Manchester Siti” – “Manchester Yunayted” 2:1

Gollar: 1:0 – 1 Gundo‘g‘an, 1:1 – 33 Brunu Fernandesh (penalti), 2:1 – 51 Gundo‘g‘an.

“Manchester Siti”: Ortega, Uoker, Ruben Diash, Akanji, Stounz, Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Foden, 76), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Holand.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Lindelef (Maktominey, 83), Shou, Eriksen (Garnacho, 62), Kazemiro, Fred, Brunu Fernandesh, Sancho (Vegorst, 78), Reshford.

Ogohlantirishlar: Uan-Bissaka (45), Fred (79), Ortega (81).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »