Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi bo‘lim mudiri Kim Yo Chen (KXDR rahbari Kim Chen Inning singlisi) BMT Xavfsizlik kengashi va AQSHni mamlakat ichki ishlariga aralashishda aybladi.

Avvalroq Oq uy ballistik raketalarning koinotga uchirilishi BMT tomonidan taqiqlanganini eslatib o‘tgan edi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Qo‘shma Shtatlar iltimosiga ko‘ra, KXDRni suveren davlat sifatidagi huquqlarini amalga oshirish uchun tez-tez javobgarlikka tortayotganidan juda noroziman va men buni eng adolatsiz va noxolis ish deb qoralayman. Bu mamlakatning ichki ishlariga aralashish va suverenitetini buzishga harakat hisoblanadi”, — dedi Kim Yo Chen.

Ayni paytda Shimoliy Koreyaning xalqaro masalalar bo‘yicha tahlilchisi Kim Myung-Chul Xalqaro dengiz tashkilotining (IMO) raketa uchirilishi haqidagi oldindan xabar berishidan Shimoliy Koreyaga qarshi kampaniyani kuchaytirish uchun foydalanilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Pxenyan tashkilotni raketa uchirilishi haqida xabardor qilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »