Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Yerevanning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti(KXSHT)dagi ishtiroki mamlakat uchun “maʼlum muammolar” tug‘dirayotganini aytdi. Xususan, bu Armanistonga G‘arb davlatlaridan harbiy yordam olish imkoniyatiga ta’sir qilmoqda, dedi Armen Grigoryan Armaniston Jamoat televideniyesiga bergan intervyusida.

Foto: Sputnik

Grigoryanning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan jadal ishlab kelyapti va buni davom ettirish niyatida.

U Yerevanning yaqinda “G‘arb davlatlaridan biri” bilan olib borgan muzokaralari, unda Armanistonni “noharbiy” shaklda qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilinganini eslatib o‘tdi.

“Muhokama boshida ular Armaniston — KXSHT a’zosi, deyishdi, lekin ishchi guruh kelib, biz bilan muzokara o‘tkazgach, ko‘p masalalarda ularning Armanistonga munosabati o‘zgardi”, — dedi Armen Grigoryan.

KXSHT Armanistonga qanday naf keltiryapti, degan savolga javob berar ekan, Grigoryan 2020-yildan beri biror yordam ko‘rsatilganiga misol topish qiyinligini aytdi.

“Armanistonga uch marta hujum uyushtirildi, yakunda esa harbiy alyans deb ataluvchi bu tashkilot Armanistondagi vaziyat bo‘yicha faqat missiya yuborishni taklif qilmoqda. Bu jiddiy chora emas”, — dedi Grigoryan.

Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan KXSHT missiyasi Armaniston hududida ishlamasligini, chunki u respublika chegarasini belgilamasligini aytgandi. Bunga javoban Kreml KXSHTni “o‘ta nufuzli va samarali tashkilot” deb atadi va Rossiya bu borada Armaniston bilan muloqotni davom ettirishini ta’kidladi.

May oyining oxirida Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini tan oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »