Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina janubidagi Kaxovka to‘g‘oni portlashi chuqur va uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi. Prezident Vladimir Zelenskiy buni “ommaviy qirg‘in qiluvchi ekologik bomba” deb atadi. Britaniyaning Sky News nashri GES vayron bo‘lishining shoshilinch favqulodda vaziyatlardan tortib uzoq muddatli muammolargacha bo‘lgan beshta oqibatini sanab o‘tdi.

Foto: AP Photo

Ichimlik suvi

Hozirgi suv sizib chiqayotgan ombor bir vaqtlar Ukrainadagi eng katta suv omborlaridan biri edi. Mamlakatning janubiy qismi va Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimning katta qismi mazkur toza suvga qaram bo‘lgan.

Suv sathining qanchalik pastga tushishiga qarab, u yuz minglab odamlarning toza suvdan foydalanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Fermer xo‘jaliklarini suv bosishi va sug‘orish tizimining buzilishi

To‘g‘ondan daryoning quyi qismidagi dalalar to‘g‘ridan to‘g‘ri suv toshqini va ekinlarning nobud bo‘lishidan aziyat chekishi mumkin, ammo yana bir jiddiy muammo shundaki, yarim million gektarga yaqin unumdor dehqon yerlari sug‘orish uchun Kaxovka suv omboriga bog‘liq.

Agar fermerlar yoz oylarida ekin ekish uchun suvni yo‘qotsa, bu oziq-ovqat ishlab chiqarish va xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Energetika

Dnepr daryosidagi to‘g‘onga ulangan yirik gidroelektr stansiyasi jiddiy shikastlangan. Stansiyadagi neft va kimyoviy moddalar daryoga allaqachon oqib tushayotgani haqida xavotirlar bor.

Rasmiylar yaqin atrofdagi atom elektr stansiyasini ham diqqat bilan kuzatib bormoqda, uni sovitish uchun daryo suvidan foydalaniladi, ammo Xalqaro atom energiyasi agentligi zavodda kamida bir necha oy davomida reaktorlar va yonilg‘i sterjenlarini sovitish uchun boshqa vositalar mavjudligini ta’kidlamoqda.

Ko‘chish

Zelenskiy 35 dan 80 tagacha aholi punktlari, shaharlar va qishloqlar suv ostida qolishi kutilayotgani, bu esa favqulodda yordam ko‘rsatishni qiyinlashtirayotganini aytdi. Zarar darajasiga qarab, suv toshqini allaqachon zaif odamlarni boshpanasiz qoldiradi.

Mutaxassislar, shuningdek, suv bosgan hudud front chizig‘ida bo‘lgani uchun daryolar qirg‘oqlari va uning atrofida yotqizilgan minalar yuvilib, boshqa joyga ko‘chirilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Ekotizim va hayvonlar

To‘g‘onning quyi oqimidagi zaif va muhim ekotizimlarga, shu jumladan Qora dengiz biosfera qo‘riqxonasi va “Oleshskie peski” milliy tabiat bog‘iga ta’sir ko‘lamini baholash hali ham qiyin.

Ukraina Mudofaa vazirligi, shuningdek, Novokaxovka hayvonot bog‘idagi suv toshqini oqibatida 300 ga yaqin jonivor nobud bo‘lganini ma’lum qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish suv toshqinini “ekologik ofat” deb atadi.

Kaxovka GES portlatilishi

6-iyun kuni Xerson viloyatining Rossiya tomonidan vaqtincha bosib olingan qismida Kaxovka GESning to‘g‘oni portlatildi. Suv Dneprning quyi oqimiga nazoratsiz ravishda oqizilgan. Ukraina va Rossiya bir-birini GESni vayron qilishda aybladi. Suv toshqinlari xavfi ostida qolgan hududlardan aholi evakuatsiya qilinmoqda.

Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, stansiyaning vayron bo‘lishi oqibatida 80 ga yaqin shahar va qishloqlar “suv ostida” qolgan, ularda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan oldin kamida 100 ming kishi yashagan. Qrim va Zaporojye atom elektr stansiyasiga suv tanqisligi tahdid solayotgani aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »