Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

6-iyun, seshanba kuni Gaagadagi Xalqaro sudda Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosi mohiyati bo‘yicha birinchi sud tinglovlari bo‘lib o‘tdi. Da’vo arizasi Rossiyaning ikki xalqaro konvensiya – terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash va irqiy kamsitishning har qanday shakliga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyalarni ehtimoliy buzgani bilan bog‘liq. Tinglovlarning birinchi kuni yakunida Ukraina Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Anton Korinevich Gaagadagi uchrashuvni olti yillik ishning kulminatsiyasi deb atadi. Bu Ukrainaning Rossiyaga qarshi qo‘zg‘atgan birinchi ishi bo‘lib, u nihoyat xalqaro sudda mohiyatan ko‘rib chiqish bosqichiga yetdi, deydi elchi.

Foto: UN News

Ishning mohiyati bo‘yicha tinglovlar 8, 12 va 14-iyun kunlari davom etadi, undan keyingi bosqichda esa hukm chiqariladi. BMT sudida qaror qabul qilish kamida bir necha oy vaqt olishi kutilmoqda. Xalqaro sud qaroriga amal qilish har ikki tomon — Rossiya va Ukraina uchun majburiydir.

6-iyun kuni Ukraina tomoni Gaagadagi o‘n besh nafar sudyaga o‘z dalillarini taqdim etdi. Yig‘ilishning birinchi qismida advokatlar Donbassdagi rossiyaparast ayirmachilarning tinch aholi o‘limi va jarohatlanishiga olib kelgan xatti-harakatlarini, jumladan 2014-yilda Donbassda Malayziyaning Boeing samolyoti urib tushirilgani, Kramatorsk va Mariupoldagi turar joylarni, Volnovaxa yaqinidagi yo‘lovchi avtobusini o‘qqa tutgani, Xarkovdagi miting va tungi klubda portlashlar sodir etilgani bo‘yicha dalillarni ko‘rib chiqdi. 

Ukraina tomoni bu fojiali voqealarning barchasi Rossiyaning Donbassdagi ayirmachilarni atay qurol-yarog‘ bilan ta’minlagani, separatistik qurolli guruhlarni moliyalashtirish bo‘yicha tergov masalalarida Kiyev bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun sodir bo‘lganini ta’kidlamoqda. Rossiyaning yozma ravishda taqdim etgan qarshi dalillarini advokatlar “haqiqatga mos kelmaydigan va tasdiqlanmagan” deb atadi. “Rossiya teraktlarning oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmagan”, — deydi advokat Klovis Trevino.

Sud tinglovining ikkinchi qismi Rossiyani anneksiya qilingan Qrimda qrim-tatarlar va etnik ukrainlarga qarshi tizimli ravishda irqiy kamsitish choralarini qo‘llash, jumladan odam o‘g‘irlash, qotillik, sudsiz tintuv va hibsga olishlar hamda ukrain va qrim-tatar tillarini o‘qitishni cheklashda ayblashga bag‘ishlandi. 

Izoh

Voxid Malikov

07.06.2023, 13:07

Xurmatli daryo muxbirlari xali 2024yil kemadiku xatolik bor

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »