Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya harbiylari 8-iyun kuni Kaxovka GES portlashidan jiddiy zarar ko‘rgan Xersonni o‘qqa tutdi, snaryadlardan biri turar joy binosiga tushdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Yermakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari odamlarni suv bosgan hududlardan evakuatsiya qilish vaqtida Xersonni o‘qqa tutmoqda.

“Ayni paytda ruslar Xersonni o‘qqa tutmoqda. Oddiy terrorchilar”, — degan u.

Voqea joyida bo‘lgan ko‘ngillilar va jurnalistlar hodisa aks etgan videolarni e’lon qilmoqda. Videolardan birida ayrim snaryadlar suvga tushayotganini ko‘rish mumkin.

Shahar o‘qqa tutilganini Xerson viloyati davlat ma’muriyati rahbari Aleksandr Prokudin tasdiqladi. Unga ko‘ra, rus harbiylari Xersonning markaziy qismi va qirg‘oqbo‘yi hududlariga hujum qilmoqda.

Evakuatsiya vaqtidagi raketa hujumi oqibatida sakkiz kishi yaralangan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shaharni tark etgach, turar-joylar darhol o‘qqa tutilgani aytilmoqda.

Zelenskiyning Xersonga tashrifi

8-iyun kuni Ukraina prezidenti suv bosgan Xerson viloyatiga bordi. Kreml Putinda hozir bunday rejalar yo‘qligini ma’lum qildi.

U jabrlanganlarga yordam berayotgan qutqaruvchilar va ko‘ngillilarga minnatdorlik bildirdi.

“Ko‘plab muhim masalalar bor: tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan tezkor vaziyat, aholini suv bosish mumkin bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilish, to‘g‘on portlashidan keyin yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish”, — deyiladi Ukraina prezidentining Telegram kanalida.

Ma’lumot uchun, Birlashgan millatlar tashkiloti va Ukraina Kaxovka GESdagi portlashdan so‘ng jabrlanganlarni bosib olingan hududlardan evakuatsiya qilish bo‘yicha kelishib oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »