Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Odatda o‘rik mavsumi may oyining oxirida boshlanadi va iyul oyining ikkinchi yarmida tugaydi. Shu tufayli, iyun oyining boshida allaqachon pishgan mevalarni xarid qilishingiz mumkin.

Foto: Doctor Piter

Asosiysi, mevani to‘g‘ri tanlash. Juda qattiq mevalarni, shuningdek, yorilib ketgan mevalarni sotib olmaslikka harakat qiling. Mevalarning hidi va rangiga e’tibor berishni unutmang: yaxshi o‘riklar sezilarli darajada xushbo‘y hid taratadi va meva po‘stlog‘idagi rang bir tekis taqsimlangan bo‘lishi kerak.

O‘rikning quyidagi foydali xususiyatlari:

  • B, C, E, K guruhlari vitaminlari;
  • nikotinik kislota;
  • mikroelementlar: magniy, kalsiy, kaliy, temir, yod, fosfor;
  • organik kislotalar: limon, olma;
  • glyukoza, saxaroza, fruktoza;
  • pektinlar;
  • pektin;
  • flavonoidlar;
  • klechatkalar bor.

Shuningdek o‘rik qomatga zarar yetkazmaydigan past kaloriyali meva  hisoblanadi, 100 gramm o‘rikda 44 kkal mavjud.

O‘rikni tez-tez iste’mol qilishning 5 ta sababi:

  • ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi;
  • qon aylanish jarayonlarini yaxshilaydi;
  • qon tomirlarining devorlarini mustahkamlaydi;
  • antioksidant qarish jarayonini qanday sekinlashtiradi;
  • yurak uchun foydali bo‘lgan kaliy yetishmovchiligining oldini olishga yordam beradi.

Kunlik ehtiyojning 70 foizni to‘ldirish uchun 100 gramm o‘rik iste’mol qilish kifoya.

O‘rik – sog‘lom bo‘lishga yordam beradigan meva, biroq uni ortiqcha iste’mol qilmagan ma’qul. Kuniga 200-300 gramm o‘rik iste’mol qilish sog‘liq uchun foydali. O‘rikni och qoringa yoki kechasi iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki ulardagi mevali kislotalar oshqozon-ichak trakti shilliq qavatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va shishni keltirib chiqarishi mumkin.

O‘rikning foydali xususiyatlari ko‘p, biroq ba’zi insonlar bu mevani iste’mol qilishni to‘xtatishi kerak.

Quyidagi insonlarga o‘rikdan voz kechish tavsiya etiladi:

  • allergik reaksiyasi;
  • oshqozon yarasi;
  • gastrit;
  • yallig‘lanishli ichak kasalligi;
  • qalqonsimon bez kasalligi;
  • qandli diabet;
  • buyrak kasalligi;
  • yurak kasalliklari bo‘lgan insonlar bu mevani iste’mol qilmasligi kerak.

O‘rik donagi haqida

O‘rik donagida amigdalin moddasi mavjud, u organik zahar, gidrosiyan kislotasi manbai hisoblanadi. U bodomsimon donaklarga achchiq ta’m beradi. Mutaxassislarning fikricha, agar amigdalin ko‘p miqdorda iste’mol qilinsa, zaharlanishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, ularni e’tibor bilan iste’mol qilgan ma’qul.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »