Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “Turizm transport koridori bo‘ylab zamonaviy karvonsaroylarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat loyihasida qayd etilishicha, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Turizm transport koridori bo‘ylab quriladigan zamonaviy karvonsaroy namunaviy loyihasi ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasida taqdimoti o‘tkazilgan.

Qaror bilan quyidagilar belgilanmoqda:

  • namunaviy loyihada ko‘rsatilgan karvonsaroy tarkibidagi elementlar (xonalar, avtoturargoh va boshqalar) quriladigan har bir karvonsaroyda nazarda tutilishi majburiydir;
  • karvonsaroy tarkibidagi elementlarning maydoni, balandligi va qavatlar soni muayyan hududdagi shaharsozlik vaziyatga muvofiq yong‘in xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etgan holda obyekt buyurtmachisining istagiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin;
  • namunaviy loyihani muayyan yer uchastkasiga bog‘lashda yer uchastkasining shakli va relyefini xususiyatlari hamda tashqi muhandislik kommunikatsiya tarmoq trassalarining yo‘nalishiga ko‘ra karvonsaroy elementlarining bir-biriga nisbatan joylashuvini o‘zgartirishga ruxsat etiladi;
  • har bir karvonsaroy arxitekturasini tegishli hududning meʼmoriy, tarixiy, geografik, madaniy xususiyatlariga muvofiq alohida loyihalashtiriladi.

Turizm transport koridori bo‘ylab quriladigan zamonaviy karvonsaroylarning manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Manzilli ro‘yxatda ko‘rsatilgan karvonsaroylar qurilishi uchun turizm transport koridori bo‘yidagi tashqi muhandislik kommunikatsiyalarga yaqin bo‘sh yer uchastkalari ro‘yxatini tuzadi va ularda karvonsaroylarni joylashtirish takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga kiritadi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nazarda tutilgan bo‘sh yer uchastkalarida karvonsaroylarni joylashtirish takliflari taqdimotini Mamlakatning turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha respublika ishchi guruhida o‘tkazadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nazarda tutilgan yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya etilishini taʼminlaydi.

Markaziy bankka bir oy muddatda Manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan karvonsaroylar hamda Turizm transport koridori bo‘yida joylashgan tadbirkorlik subyektlari obyektlarining yer uchastkalarida barpo etiladigan karvonsaroylarni qurish uchun banklar tomonidan tegishli tadbirkorlik subyektlariga o‘n yilda qaytarish sharti bilan imtiyozli kreditlar berish tartibini joriy etish tavsiya etiladi. 

Karvonsaroylar qurish taklifi

Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 26-aprel kungi videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistondagi turistik zonalardan unumli foydalanilmayotganini tanqid qilib, bir qator topshiriqlar bergandi. O‘shanda O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida kompleks turizm xizmatlarini (avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yonilg‘i quyish) qamrab olgan 1 tadan karvonsaroy barpo etish vazifasi qo‘yilgan.

Bunday loyihalarga bir oy muddatda 1 trillion so‘m kredit resurslari ajratiladi, yil yakuniga qadar yana 100 million dollar jalb qilinadi. Viloyat hokimlari ham kamida 20 million dollarlik loyihalarni ishga tushirishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »