Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Ijroqo‘mi Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) maqomini bekor qilishga chaqirdi.

Foto: IBA

Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror XOQning 22-iyundagi sessiyasida e’lon qilinadi. XOQning 2-iyundagi hisobotiga ko‘ra, IBA 2021-yilning dekabrida maqomni to‘xtatishni bekor qilish bo‘yicha qo‘yilgan shartlarni bajarmagan.

Shu bilan birga XOQ Parij—2024 Olimpiadasida boks bo‘yicha musobaqani saqlab qolmoqchi. Olimpiadadagi boks janglari, shuningdek, unga litsenziya taqdim etuvchi musobaqalar XOQ nazorati ostida o‘tadi.

2019-yilda ham XOQ IBA’ni Olimpiya o‘yinlari boks musobaqalarini o‘tkazish huquqidan mahrum qilgan va o‘z nazorati ostida o‘tkazgandi. O‘shanda bunga sabab sifatida boshqaruv, moliya, hakamlik va etnik muammolar ko‘rsatilgandi.

2023-yilning aprel oyida AQSH va Buyuk Britaniya IBA a’zoligidan chiqqan hamda World Boxing federatsiyasiga asos solgandi. Qayd etilishicha, ushbu yangi tashkilot yaqin kelajakda IBA’ning boksdagi o‘rnini egallashga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik Umar Kremlyov 2020-yilning dekabridan buyon IBA’ni boshqarib kelmoqda. Bungacha u Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi lavozimida ishlagan. U lavozimga tayinlangan paytda IBA’ning qarzlari 20 million dollarni tashkil qilgan. 2021-yilning may oyida Kreml barcha qarzlarning to‘liq qaytarilishini e’lon qilgan. 2022-yilda Kremlyov IBA prezidentligiga qayta saylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »