Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning Yangihayot tumanidagi 122-bog‘chada amaliyot o‘tayotgan kollej talabasi tomonidan uxlamagan bolalar oyog‘iga igna tiqilgani xabar qilingandi. Sud qarori bilan aybdorlarga jazo belgilandi.

Sudning 8-iyundagi qarori bilan ushbu bog‘cha tarbiyachisi S.E. (1989-yilda tug‘ilgan) va Andijonning Paxtaobod tumanidagi Pedagogika kollejining 3-bosqich talabasi bo‘lgan M.R. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ularning har biriga BHMning 4 baravari (1 mln 320 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Sud tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bosh boshqarmasi boshlig‘iga sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik yuzasidan mehnat munosabatlaridan kelib chiqib, rasmiy munosabat bildirish va tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 313-moddasi tartibida taqdimnoma ham chiqarilgan.

Shuningdek, ushbu bog‘cha mutasaddilariga ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, tarbiyalanuvchilarni qabul qilinganlik holati va ular uchun to‘lovlar amalga oshirilganligini tekshirib, qonuniy baho berish maqsadida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 278-moddasi tartibida Yangihayot tuman prokuroriga xabarnoma yuborilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »