Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kanadada oltin oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan eng yirik kompaniyalardan biri Kitco 2022-yilda oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi eng yirik 10 ta konlar reytingini tuzdi. Navoiy viloyatidagi Muruntov dunyoning eng yirik oltin konlari ichida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Navoiy kon-metallurgiya korxonasi

Reytingga ko‘ra, Muruntov konida 2022-yilda taxminan 1,7 million unsiya oltin qazib olingan. Konning uzunligi 3,3 kilometrdan ortiq, eni 2,5 kilometr va chuqurligi qariyb 600 metrni tashkil etadi. Muruntovning oltin zaxiralari va resurslari 150 million unsiyadan oshadi.

Infografika: Kitco

Muruntov kovi 2020 va 2021-yillarda dunyodagi eng yirik oltin koni bo‘yicha peshqadam bo‘lgan. 2022-yilda birinchilikni Indoneziyaning Grasberg koni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, reytingda keyingi o‘rinlarni quyidagi oltin konlari egallagan:

3. AQSHning “Karlin”

4. Rossiyadagi “Olimpiada”

5. Avstraliyadagi “Buddington”

6. Kongo Demokratik Respublikasidagi “Dibali”

7. Kanadadagi “Detour Leyk”

8. AQSHdagi “Kortez”

9. Dominika Respublikasi “Pueblo viejo”

10. Malidagi “Loulo Gounkoto”

Izoh

Jumaniyoz

10.06.2023, 09:12

Qiziq!!!

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »