Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘ini oqibatida 3 nafar o‘rmonchi halok bo‘ldi, yana 11 nafari bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Orda.kz

Respublikaning Rossiya bilan chegaradosh viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari 8-iyun kuni boshlangan. Yong‘in maydoni 60 ming gektardan oshgan. Favqulodda hodisa joyiga 8 ta vertolyot jalb qilingan. 99 marta havodan jami 275,5 tonna suv quyilgan. 



Abay viloyatida aholi punktlarini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda

Gap Ozerskiy qishloq okrugining Kashtak, Polovinki, Tepkashi va Talitsa qishloqlari aholisi haqida bormoqda. Barcha evakuatsiya qilinganlar Semeydagi 800 kishini sig‘dira oladigan 9 ta evakuatsiya punktiga joylashtiriladi.

Foto: Orda.kz

“Evakuatsiya punktlari kollejlar, universitetlar va shahar mehmonxonalari binolarida joylashgan bo‘lib, kelganlarning vaqtincha yashashi uchun xavfsiz shart-sharoitlarni taʼminlamoqda. Bu punktlarning har birida issiq ovqat va zarur buyumlar bilan taʼminlangan. Tezkor evakuatsiya qilish uchun 10 ta avtobus jo‘natildi”, — deb xabar berdi Semey ma’muriyati. 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yong‘inga uchragan Abay viloyatiga boradi.

“Abay viloyatida ro‘y bergan keng ko‘lamli yong‘in munosabati bilan davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Vyetnamga 11—13-iyun kunlariga mo‘ljallangan rasmiy tashrifi kechroq muddatga ko‘chirildi”, — deyiladi Akorda xabarida.

Prezident Abay viloyatiga tashrif buyurib, tezkor yig‘ilish o‘tkazish va tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »