Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shahzoda Garri va Megan Charlz III ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan paradga taklif qilinmadi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

14-noyabr kuni Buyuk Britaniya qiroli 75 yoshga to‘ladi. Charlz III yubileyiga bag‘ishlangan tantanalar 17-iyun kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan an’anaviy qirollik paradi bilan boshlanadi. Tadbir monarx uchun yangi maqomdagi birinchi bo‘lgani uchun alohida miqyosda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Sasseks gersogi va gersoginyasi, aftidan, bayramni o‘tkazib yuborishadi.

“Men shahzoda Garri va Megan kelasi dam olish kunlari o‘tkaziladigan qirolning tug‘ilgan kuni paradiga taklif qilinmaganini eshitdim”, — dedi qirollik eksperti Richard Eden.

“Fikrimcha, bu hozirda (shahzoda Garri va qirol Charlz III o‘rtasidagi) munosabatlarning holatini aks ettiradi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »