Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishini va “Jo Bayden ismli korrupsioner prezident”ni Oq uydan haydab chiqarishini aytdi. Bu haqda u Shimoliy Karolinada Respublikachilar partiyasi a’zolari oldidagi chiqishi chog‘ida aytdi.

“2024-yil 5-noyabrda biz korrupsiyalashgan siyosiy tuzumga qarshi turamiz. Biz Jo Bayden ismli butunlay korrupsiyaga botgan prezidentni Oq uydan haydab chiqaramiz”, — dedi Donald Tramp.

U "hech qachon taslim bo'lmasligini" va "hech qachon mag'lub bo'lmasligini" qo'shimcha qildi.

AQSHda prezidentlik saylovlari 2024-yil noyabrida bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar partiyasidan 14 nomzod ishtirok etishi kutilmoqda. Donald Tramp, Florida gubernatori Ron Desantis, Janubiy Karolina senatori Tim Skott, biznesmen Vivek Ramasvami, Arkanzas gubernatori Asa Xatchinson, AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli va radio boshlovchisi Larri Elder poygada ishtirok etishlarini ma’lum qildi. Donald Tramp Respublikachilar partiyasining praymerizdagi g‘alabasi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.

Aprel oyida Donald Trampga birinchi darajali ish yurituviga oid yozuvlarni soxtalashtirishda 34 ta ayblov qo'yilgan edi. Prokuraturaga ko‘ra, qalbakilashtirishlardan maqsad uning 2016-yilda saylanishiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni yashirish bo‘lgan. Sud jarayoni 2024 yilda boshlanishi kerak.

Shuningdek, 9-iyun kuni Donald Trampga yana 37 ta band, jumladan maxfiy hujjatlarga noqonuniy egalik qilish va adolatga to‘sqinlik qilish maqsadida til biriktirish bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Unga o'n yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »