Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand shahrida erkak ijtimoiy tarmoqda begona ayolning suratlarini montaj qilib, undan pul, telefon va tilla zanjir talab qildi

Xabarga ko‘ra, Samarqand shahrida yashovchi 36 yoshli Z.N. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘zining “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan suratlarini nomaʼlum shaxs yuklab olib, uyatli rasmlari borligini aytib, pul talab qilayotganini maʼlum qilgan. 

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs muqaddam sudlangan, Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi, 35 yoshli T.U. ekani aniqlangan. T.U. “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida Z.N. joylashtirgan fotosuratlarini yuklab olib, ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov bergan. 

Ushbu uyatli fotosuratlarni, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormaslik evaziga 6500 AQSH dollari, bir dona iPhone 13 Pro va bir dona erkaklar tilla zanjiri talab qilgani maʼlum bo‘ldi. 

Mazkur holat yuzasidan T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining  168-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »