Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirol Charlz III Uyelsdagi uyidan voz kechdi, chunki u monarxiya xarajatlarini qisqartirish rejalariga muvofiq mulk portfelini qisqartirishni boshladi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Charlz III Uels shahzodasi bo‘lgan 2007 yilda Kornuoll gersogligi orqali Llvinevermoddagi uyni sotib olgandi. Gersoglik Karmartyenshirdagi Llandoveri yaqinidagi hashamatli ferma uchun 1,2 million funt sterling to‘lagan.

Yaqin vaqtgacha Charlz III Uelsga muntazam sayohatlari paytida mazkur uyda yashayotgandi, ammo u qirol bo‘lgandan so‘ng, knyazlik endi Uels shahzodasi unvoniga ega bo‘lgan shahzoda Uilyamga o‘tdi.

Shunday qilib, qirol 78 gektarlik yer egasidan ko‘chmas mulk ijarachisiga aylandi. Ijara muddati yoz oxirida tugaydi. Bukingem saroyi qirol bu haqda gersoglikni 2023-yil boshida xabardor qilganini tasdiqladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »