Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Platina.uz” nashri 31-may kuni Navoiy viloyati Qiziltepa  tumani hokimi Ulug‘bek Fayziyev bir qator bizneslar egasi ekanini yozib, bu bo‘yicha tegishli tashkilotga so‘rov yuborgani haqida xabar e’lon qilgandi. “Daryo” muxbirining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan tasdiqlatishicha, Ulug‘bek Fayziyev chindan ham bir nechta firmalarga rahbarlik qiladi.

Foto: Zarafshan Golden Group

Nashrning yozishicha, tuman hokimi nomida shu paytgacha 11 ta MChJ bo‘lgan, ularning 7 tasi yopilib ketgan, 4 tasi ishlab turibdi. Ba’zilarida Fayziyevning o‘zi 100 foiz ulushdor, ayrimlarida katta foizli hissador bo‘lgan.

Skrin: “orginfo.uz”

Ochiq manbalar holatni tasdiqladi. Qiziltepa  tumani hokimi hozirda mavjud “Biznes Finance ZGG Mikrokredit Tashkiloti”, “Zarafshan Golden Group”, “Zarafshan Grand Invest”, “G‘ani Bobo Chorvasi” korxonalari aksiyadori hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, 13-iyun kuni Ulug‘bek Fayziyevning noqonuniy bizneslari borligi rasman tasdiqlangan

“Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi so‘rovimizni o‘rganib chiqqan. O‘rganish davomida ‘Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida’ va ‘Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida’gi qonunlar talablariga rioya etilmagani aniqlangan. Agentlik yo‘l qo‘yilgan ushbu qonun buzilishlarini bartaraf qilish to‘g‘risida Navoiy viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritganini yozgan”, — deyiladi xabarda.

“Daryo” muxbiri mazkur ma’lumotni tasdiqlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Haqiqatda “Platina.uz” bu bo‘yicha so‘rov yuborgan va agentlik shu asosda o‘rganish olib bordi. Natijasi nashrning o‘ziga xat orqali taqdim qilingan, e’lon qilingan ma’lumotlar to‘g‘ri”, — deya javob berdi agentlik xodimi.

2022-yil 11-oktabrda kuchga kirgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar haqida ma’lumot berilgan. Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, jumladan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emas. 

Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov “Koba san’at majmuasi” MCHJning ta’sischisi ekani tasdiqlangandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holatni o‘rganib, korxona ta’sischiligi o‘zgartirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »