Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum fuqaro shifokor ayolni tasvirga olgan holda uning o‘z vaqtida tibbiy yordam bermagani sabab turmush o‘rtog‘ining homilasi nobud bo‘lgani aytilgan videolar tarqaldi. Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, videotasvirlarda Kasbi tumanida yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan ayol H.Z. haqida so‘z yuritilgan.

“Ayol 2022-yil 20-dekabr kuni Kasbi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 9-oilaviy poliklinikada homiladorlik hisobiga olingan. Homilador va tug’gan ayollar individual kartasida qayd etilishicha, unda klinik va laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan. Umumiy qon tahlili bo‘yicha gemoglobin 88 g/l, kamqonlik o‘rta og‘ir darajasi, surunkali piyelonefrit bilan og‘rigan. Ushbu kasalliklar bo‘yicha faqat uyida davolangan. Homiladorlik vaqtida skrining tekshiruvidan o‘tishdan ayolning o‘zi bosh tortgan”, — deyiladi boshqarma axborotida.

Qayd etilishicha, homilador ayol 2023-yilning 7-iyun kuni soat 07:30 da Kasbi tumani markaziy shifoxonasining tug‘uruq bo‘limiga murojaat qilib, navbatchi vrach akusher-ginekolog Inobat Shomaliyeva tomonidan tekshirilgan.

“Homiladorlik-I, 39 hafta, tug‘uruq darakchisi, surunkali kamqonlik og‘ir darajasi, surunkali piyelonefrit tashxisi bilan bo‘limga qabul qilingan. Klinik laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan. UTT xulosasi bo‘yicha: homiladorlik — 39 hafta, homila yo‘ldoshining vaqtidan oldin markazdan ko‘chishi va homilaning ona qornida nobud bo‘lishi, retroplatsentar gematoma tashxisi qo‘yilgan va kerakli muolajalar standart asosida qilingan. Vaziyatni hisobga olib homilador ayol qarindoshlarining talabi bilan ‘Tez tibbiy yordam’ mashinasida shifokor Inobat Shomaliyeva kuzatuvida 7-iyun kuni soat 16:10 da viloyat perinatal markaziga keltirilgan”, — deyiladi masʼullarning bu haqdagi axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyat perinatal markazida bemorda zudlik bilan kesar kesish operatsiyasi o‘tkazilgan va o‘lik chaqaloq olingan.

“Amaliyotdan so‘ng davo muolajalari davom ettirilmoqda. Bemor va uning yaqinlari shifokorlarning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lishsa, huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishlari mumkin”, — deydi videotasvirlarga munosabat bildirgan masʼullar.

Izoh

DILSHODBEK RASHIDOV

13.06.2023, 12:23

Pul bermagan juram ôsha uchun qaramagan biza tumanga kelinglar oldindan akusherlar 500ming oladi bômasa qaramydi ana shu uchun ôzbekiston tengdir ôzbekistonga

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »