Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda “Qumtor” konining sobiq rahbari Tengiz Bolturukning o‘g‘li Almaz qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari matbuot xizmatiga tayanib, “Ekonomist.kg” xabar berdi.

Foto: “Kaktus.media”

Avvalroq 10-iyun kuni Alamudun tumani IIB xodimlari mulkni o‘zlashtirishda gumon qilinib, 1988-yilda tug‘ilgan Tengiz o‘g‘li Almazni qo‘lga olgan edi. 

U konda nazoratchi bo‘lib ishlab yurgan paytlari, korxonadan 274 325 som (3 128 AQSh dollari) mahsulot qabul qilib, pullarni kassaga qo‘ymay, uni o‘zlashtirib yuborgan.

Shundan so‘ng u uzoq vaqt yashirinib yurgan va rahbariyatning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

Mazkur holat yuzasidan politsiya xodimlari Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining “Ishonchga topshirilgan mulkni o‘zlashtirish yoki sarflash” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Militsiya xodimlari uning turgan joyini aniqlab, qo‘lga olib, vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirgan.

Korotovskix Yevgeniy, Qirg‘iziston

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »