Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaqin orada AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp barmoq izlari va boshqa tadbirlar uchun vaqtincha hibsga olinishi mumkin, biroq keyin uni tilxat bilan qo‘yib yuborilishi ehtimoli katta, dedi Franklin Ruzvelt nomidagi AQSHni o‘rganish jamg‘armasi direktori, tarix fanlari doktori Yuriy Rogulev.

Avvalroq Mayami shahri rasmiylari maxfiy hujjatlarni saqlash ishi bo‘yicha sud tinglovlaridan so‘ng Tramp hibsga olingan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rgan edi.

“Qarorni Mayami sudi emas, federal sud qabul qiladi (sud shunchaki geografik jihatdan Mayamida joylashgan). Bu davlatga qarshi jinoyat va bu ayblovlar uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Ya’ni, bu fuqarolik da’vosi emas va bu holatda jarima bilan qutulib bo‘lmaydi. U yoki aybdor deb topilishi kerak yoki butunlay aybsiz. Agar aybdor bo‘lsa, jazo juda og‘ir”, — dedi Rogulev.

Mutaxassis sud aybdor deb topgan taqdirda ham Tramp hatto qamoqdan turib saylov kampaniyasini davom ettirishi mumkinligini ta’kidladi.

Trampning o‘zi ham har qanday sharoitda, hatto unga qarshi ilgari surilgan ayblovlar bo‘yicha sudlanadigan bo‘lsa ham, prezidentlik saylovlarida qatnashishni davom ettirishga va’da berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »