Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Uzoq kutilgan yoz mavsumi boshlanishi bilan shahar aholisi ko‘pincha ob-havoning chidab bo‘lmas darajada issiq bo‘lishiga duch keladi. Ba’zilar salqinlikni saqlash uchun konditsionerlarni o‘rnatadilar. Ammo bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar-chi? “Noviy ochag” nashri konditsionersiz uyda issiqlikdan himoyalanishning samarali usullarini to‘pladi.

Foto: “Noviy ochag”

Derazadan tashqarida 30 yoki undan ortiq daraja issiq bo‘lsa, uy ham shu qadar issiq bo‘ladi. Lekin uyda konditsionerni o‘rnatish arzon emas. Qurilmani sotib olishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi, uning o‘rnatilishi ham pul talab qiladi. Bu holda arzonroq va qulay salqinlash usullari yordam beradi.

Konditsionersiz xona derazalariga folga osib qo‘ying

Foto: “Noviy ochag”

Ehtimol, ba’zi xonadonlarning derazalariga folga ilinganini ko‘rgansiz. Bu xonani yorqin quyosh nurlaridan himoya qilishning eski va oddiy usullaridan biri va shu bilan konditsionersiz issiqlikdan himoyadir. Folga quyosh nurini qaytaradi va uyda haroratni pasaytirishga yordam beradi.

Bu usul faqat uyning derazalari janubga qaragan taqdirdagina samarali bo‘ladi. Salbiy tomoni shundaki, folga qilingan oynadan uyga quyosh nuri deyarli tushmaydi va estetik jihatdan ham chiroyli ko‘rinmaydi.

Derazalarga rangli yoki nur qaytaruvchi plyonka yopishtiring

Foto: “Noviy ochag”

Folga o‘rniga issiqlikdan himoyaning zamonaviyroq varianti mavjud — tabiiy yorug‘likni to‘sib qo‘ymaydigan, lekin ayni paytda yorug‘likni qaytaruvchi maxsus plyonkalar. Ular oynani qoraytiradi, lekin ayni paytda derazadan ko‘rishga xalal bermaydi.

Uyni salqin saqlash uchun ventilyatorga muzli idish qo‘ying

Foto: “Noviy ochag”

Ushbu qurilmani yasash uchun sizga oddiy ventilyator va bir nechta 1,5 litrli plastik butilka kerak bo‘ladi. Plastik idishlarni suv bilan to‘ldiring va muzlatish uchun muzlatkichga qo‘ying. Keyin idishlarni sim bilan bog‘lab, ventilyatorning orqa tomoniga burab qo‘ying. Ventilyatorni derazadan uzoqroqqa, xonaning burchagiga qo‘ying. Bunday qo‘l bola konditsionerining erigan kondensati polga oqib tushishiga tayyor bo‘ling. Bu nafaqat konditsioner bo‘lmasa, xonani sovutishga, balki uydagi havoni namlantirishga ham yordam beradi.

Konditsioner bo‘lmasa, pardalardan foydalaning

Foto: “Noviy ochag”

Yorqin quyosh nuri xonaga tushganda, u xona haroratini 10 darajaga ko‘tarishi mumkin, shuning uchun pardalar quyosh nuridan oldindan yopilishi kerak. Qalin pardalar bo‘lmasa, jalyuzi yoki himoya ekranlar bu vazifani yaxshi bajaradi, ammo shuni yodda tutish kerakki, agar xona shundoq ham issiq bo‘lsa, bu usul deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu bois issiqdan himoya qilish uchun uyda konditsioner bo‘lmasa, ertalab harorat endigina ko‘tarila boshlaganda, derazalarni va pardalarni yoping yoki jalyuzini tushiring. Bu maslahat, ayniqsa, derazalari janubga qaraganlar uchun mos keladi.

Uyni ma’lum bir vaqtda ventilyatsiya qiling

Foto: “Noviy ochag”

Uyni konditsionersiz sovutish uchun derazalarni faqat ertalab, tashqaridagi havo kvartiraga qaraganda sovuqroq bo‘lganda ochish kerak. Yoki kechqurun soat o‘ndan keyin, issiqlik pasayganda qiling. Bundan tashqari, pardalarga sovuq suv sepib namlashingiz mumkin. Purkagichli idishdagi suvni sovuqroq saqlash uchun oldindan muz kublarini tayyorlang va ularni idishga soling.

Havoni namlang

Foto: “Noviy ochag”

Agar uyda namlagich bo‘lsa, unga muzli suv quyib, har yarim-ikki soatda yoqishingiz mumkin. Buni haddan oshirmang, doimiy ishlayotgan namlagich qulaylik keltirmaydi va kvartiradagi nam havo faqat issiqxona effektini yaratadi. Bir nechta purkagichli idishlarni tayyor saqlang. Yalpiz barglari yoki bodring po‘stini suvga qo‘shib, tetiklantiruvchi spreyni oldindan tayyorlashingiz mumkin. Idishlarni muzlatkichga qo‘ying va kerak bo‘lganda foydalaning. Sovuq suvni yopiq xonada ishlaydigan namlagich oldida sepish kerak. Uzoq vaqt bo‘lmasa ham, lekin shu tarzda siz konditsioner o‘rnatmagan holda xonani sovutasiz va xonada tetiklantiruvchi xushbo‘y hid paydo bo‘ladi.

Issiq havoda salqin choyshab

Foto: “Noviy ochag”

Agar issiq havo uyqu bermasa, toza choyshabni bir necha soat davomida plastik qopga solib muzlatkichga qo‘ying. Salqin choyshabda uxlab qolish ancha yoqimli bo‘ladi. Konditsionersiz issiqdan himoyalanishni unutmang, choyshab va yostiqlar yengil va havo o‘tkazakdigan matolardan yasalgan bo‘lishi kerak.

Issiq havoda gaz plitasi va dazmoldan kamroq foydalaning

Foto: “Noviy ochag”

Konditsionersiz uyda issiq kunlarda pechda pishirmaslikka harakat qiling va to‘planib qolgan yuvilgan kiyimlarni dazmollamang. Ularga hech narsa bo‘lmaydi, siz esa issiqlik va terdan aziyat chekmaysiz.

Grelkani muzlatib qo‘ying yoki sochiqni sovutib oling

Foto: “Noviy ochag”

Yana bir hiyla — iliq dush qabul qiling, u tana haroratini pasaytiradi va xonadagi harorat avvalgisidan pastroq degan fikrni yaratadi. Agar juda issib ketsangiz, bo‘yningizning orqa qismiga salqin, nam sochiqni qo‘ying va bilaklaringizni sovuq suvga bir necha daqiqa botiring. Bunday sovuq kompresslar o‘zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi. Suvni grelka muzlatib qo‘ying va zarur bo‘lganda foydalaning.

Xonani namlab tozalang

Foto: “Noviy ochag”

Va, albatta, kvartirani konditsionersiz sovutish uchun uydagi isitiladigan yuzalarni muzli suvdan foydalanib, nam tozalashni tez-tez bajaring. Nafas olishingiz osonlashadi, chunki havoda chang kamroq bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »