Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan yili Xitoyda nikohlar soni eng kam bo‘ldi, bu tug‘ilish darajasining pasayishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi va hukumatning mamlakatdagi demografik inqirozdan xavotirini oshirdi, deya xabar bermoqda CNN telekanali.

Xitoy Fuqarolik ishlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda 6,83 millionga yaqin juftlik nikohdan o‘tgan. Bu 2021-yilda ro‘yxatga olingan 7,63 million nikohdan taxminan 10,5 foizga kam va vazirlik “nikoh statistikasi”ni e’lon qila boshlagan 1986 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.

Mamlakatda eng ko‘p nikohlar soni 2013-yilda qayd etilgan, o‘shanda 13 milliondan ortiq xitoylik juftliklar turmush qurishgan, bu 2022-yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘p.

Shuningdek, Xitoy aholisi 2022-yilda so‘nggi 60 yildan ortiq vaqtdan beri birinchi marta qisqargani qayd etilgan: har 1000 kishiga atigi 6,77 tug‘ilish, bu 1949-yilda kommunistik Xitoy tashkil topganidan beri eng past ko‘rsatkich.

Xitoy rasmiylari nikohlarning kamayishi va mamlakatda tug‘ilish darajasining pasayishi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligini ko‘rmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »