Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afsuski, bolalar orasida ham ortiqcha vazn muammosi yo‘q emas. Umuman, semizlikka qanday omillar sabab bo‘ladi? Nima uchun bolalarda ortiqcha vazn holatlari kuzatilmoqda? Bu savollarga diyetolog va endokrinolog Osiyo Ismailova javob beradi.

Foto: Yandex

Ortiqcha vazn qanday paydo bo‘ladi?

Hozirgi davrda ekologiyaning yomonlashib, texnologiyalarning rivojlanib ketishi insonlarga zarar keltiradigan oziq-ovqat mahsulotlarining yildan yilga ortib borayotgani organizmda yog‘ qatlami to‘planib, qalinlashishiga olib kelmoqda. Ilgari, semiz insonlarning soni bugunga nisbatan kam bo‘lgan. Bugun esa har bir oilada kamida bir nafar yuqori qon bosimi, qandli diabet kasalliklari va ortiqcha vaznga ega bo‘lgan odamni uchratasiz. Buning sababi — insonlarning ovqatlanishga bo‘lgan munosabati, gormonal buzilishlar va kamxarakatlik hisoblanadi.

Foto: “Daryo”

Organizmda insulin gormoni ortib borar ekan, yog‘ qatlami ham shunga yarasha ko‘payib boradi. Yuqori uglevodli mahsulotlar (xamirli ovqatlar, shirinliklar)ni, ya’ni insulin gormonini oshiradigan oziq-ovqatlarni iste’mol qilib, shunga yarasha jismoniy harakat bo‘lmagandan keyin semizlikka bo‘lgan moyillik kuchayadi. Demak, noto‘g‘ri ovqatlanish va kamharakatlilik ortiqcha vaznga olib keladi. Oqibatda, bu qator yondosh kasalliklarning rivojlanishiga qulay muhit yaratib beradi.

Nima uchun o‘smirlar va yosh bolalar orasida ortiqcha vazn holatlari kuzatilmoqda?

Chindan ham ortqicha vazn bilan kurashayotganlar orasida 10-11 yoshli bolalar yo‘q emas. Bu yoshdagi bolalarning vazni o‘rtacha 35-40 kilogramm bo‘lishi kerak, ularning vazni esa 70-80 kilogrammagacha boradi. Buni ota-onalarning farzandlarini noto‘g‘ri ovqatlanish tartibi bilan bog‘lash mumkin. Chunki ota-onalar biror yutuqqa erishgan, maktabdan a’lo baho olib kelgan farzandini xursand qilish maqsadida ularni qayerga olib boradi? Albatta, fastfudlar (kartoshka fri, gamburger, pitsa) tayyorlanadigan joylarga. Bora-bora bu odat tusiga aylanib, bolada muntazam ravishda shunday oziq-ovqatlarni iste’mol qilishga moyillik paydo bo‘ladi. E’tibor berilsa, bugungi kunda aksar bolalar uyda tayyorlanagan mastava, sho‘rva kabi taomlarni xushlab tanovul qilmaydi, fastfudlar esa jon-u dili.

Bolalarning noto‘g‘ri ovqatlanishida yana bir muhim jihat mavjud. Bu ularning televizor ko‘rgan holda ovqatlanishidir. Bola televizor, telefon ko‘rib ovqat yer ekan, miya oshqozonga ovqat kelyapti, degan signalni berishga ulgurmaydi va yegan ovqati me’yor bilan hazm ham bo‘lmaydi.

Ota-onalarning yo‘l qo‘yadigan xatosi — farzandlari xafa bo‘lganda ham, xursand bo‘lganda ham ularni faqat ovqat bilan yupatish, hayotning ajralmas qismi sifatida qabul qilish fikrining shakllanishiga hissa qo‘shish. Bu ota-onalarda odat tusiga aylanib ulgurgan. Masalan, ovqatlanib bo‘lgan zahoti kutilmaganda bir do‘stingiz qo‘ng‘iroq qilib ko‘rishishni taklif qilsa, qayerga yo‘l olasiz, shubhasiz, restoranlarga. Garchi qorin to‘q bo‘lsa ham, ovqat yeyish an’anasi bor. Ayniqsa, to‘y dasturxonlarida 5-6 ovqat tortiladi. Buning salbiy oqibatlari haqida hamma ham bosh qotirmaydi. 95 foiz kasalliklar noto‘g‘ri ovqatlanish va yuqori uglevodli mahsulotlarni iste’mol qilishdan kelib chiqadi.

Shuningdek, bolalarda ortiqcha vazn hosil bo‘lishining oldini olish va bu muammo bilan samarali kurashish uchun nimalar qilish kerakligi borasidagi tavsiyalarni quyidagi videoni ko‘rish orqali bilib olish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »