Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha CAFA Nations Cup—2023 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14-iyun, chorshanba kuni Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikki jamoa vakillarida golga tortadigan qator imkoniyatlar bo‘ldi, biroq tanaffusga qadar hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limni musobaqa mezbonlari faol boshladi.

52-daqiqada Hojimat Erkinovning uzatmasidan keyin Eldor Shomurodov to‘pni darvozaga to‘g‘rilab yubordi. Shundan keyin ham Srechko Katanech shogirdlari hujumlarni davom ettirdi, biroq ular samarali bo‘lmadi. Turkmaniston vakillarida ham bir nechta imkoniyat bo‘ldi, xususan 80-daqiqada raqib futbolchilarining ikkita zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

86-daqiqada Shomurodov bo‘sh qolgan darvozani aniq nishonga olib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Guruhning narigi o‘yinida Ummon va Tojikiston terma jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Shu tariqa O‘zbekiston ikkinchi turda ham g‘alaba qozonib, ochkolarini 6 taga yetkazib oldi. Dastlabki turda Ummon taslim etilgandi (3:0). Keyingi turda O‘zbekiston Tojikiston bilan o‘ynaydi, Turkmaniston esa Ummonga qarshi bahs yuritadi. O‘yinlar 17-iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.


CAFA Nations Cup—2023

2-tur bahslari

14-iyun, chorshanba

Turkmaniston – O‘zbekiston 0:2

Gol: 0:1 – 52 Shomurodov, 0:2 – 86 Shomurodov.

O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Dilshod Saitov, Abduqodir Husanov, Sherzod Nasrullayev, Umarbek Eshmurodov, Akmal Mozgovoy (Hojimat Erkinov, 46), Sardor Sobirxo‘jayev (Oston O‘runov, 46), Otabek Shukurov, Jaloliddin Masharipov (Jamshid Iskandarov, 73), Aziz Turg‘unboyev (Odil Hamrobekov, 46), Eldor Shomurodov (Bobur Abdixoliqov, 90+2).

Turkmaniston: Rasul Chariyev, Ahmet Atayev, Guychmurat Annaguliyev, Yilas Toyjanov, Mekan Saparov, Ibraim Mammedov, Resul Hojayev, Abdi Bashimov, Altinmurat Annadurdiyev, Yilas Saparmammedov, Shanazar Tirkishov.

Ummon – Tojikiston 1:1

Gollar: 1:0 – 14 al-Yahyoyi, 1:1 – 45 Xanonov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »