Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Misr BRICS’ga qo‘shilish uchun ariza topshirdi. Bu haqda 14-iyun, chorshanba kuni Rossiyaning Qohiradagi elchisi Georgiy Borisenko TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda birlashma shug‘ullanayotgan tashabbuslardan biri bu savdoni muqobil valyutalarga maksimal darajada o‘tkazish, xoh u milliy valyuta bo‘lsin, xoh qandaydir qo‘shma valyuta — farqi yo‘q.

“Misr BRICS’ga qo‘shilishdan juda manfaatdor”, dedi Borisenko.

Borisenkoning qo‘shimcha qilishicha, Misr boshqa davlatlar, xususan, Rossiya bilan savdo-sotiq va boshqa turdagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga katta xohish bildirmoqda.

BRICS — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani o‘z ichiga olgan davlatlararo birlashma. U 2006-yil iyun oyida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokidagi Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan. Keyinchalik bu guruhga Janubiy Afrika qo‘shildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »