Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futuristik orol-shaharni yaratish bo‘yicha juda yuksak rejalar Yaponiyaning N-Ark kompaniyasiga tegishli.

Dogen Siti deb nomlangan loyiha iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq dengiz sathining har qanday ko‘tarilishiga bardosh berishga va 40 000 kishini (10 000 doimiy aholi, qolgani turistlar) elektr energiyasi, oziq-ovqat va suv bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.

Aylanasi 4 kilometrga yaqin bo‘ladigan shaharda turizm va tibbiyot muassasalari, shuningdek, raketa uchirish maydonchasi bo‘ladi.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, dumaloq shakl shaharga sunami paytida ham vayron bo‘lmay turishga yordam beradi — garchi bu haqda qo‘shimcha tafsilotlar hali oshkor qilinmagan bo‘lsa ham.

Umuman olganda, loyiha uchta alohida hududga bo‘linadi:

  • turar joy hududi;
  • tabiiy ravishda (ya’ni dengiz orqali) sovitiladigan va shahar boshqaruvi tizimi hamda tibbiy-tadqiqot muassasalarini o‘z ichiga olgan suvosti ma’lumotlar markazi;
  • sun’iy ko‘rfaz ichida qo‘shimcha suzuvchi arxitektura.
Foto: N-Ark

N-Ark hisob-kitoblariga ko‘ra, shahar har yili taxminan 2 million litr suv talab qiladi va 3288 tonna chiqindini utilizatsiya qiladi.

Shuningdek, yiliga qariyb 7 ming tonna oziq-ovqat va 22 million 265 ming kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Bularning barchasi qanday taqdim etilishi haqida tafsilotlar hozircha mavjud emas. 

Shaharning aniq qayerda qurilishi ham aniqlanmagan, ammo loyihani 2030-yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »