Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hayotda hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi. Ba’zida omad bizni xayolimizga ham kelmagan joyda kutadi. Preston Mutanga — o‘n to‘rt yoshli maktab o‘quvchisi bilan ham xuddi shu voqea sodir bo‘ldi. U Marvel multfilmi — “O‘rgimchak odam: Koinotlar aro” ustida ishlashga taklif qilindi. Quyida u qanday qilib bu ishga loyiq ko‘rilgani haqida so‘z boradi.

Foto: Europa Plus

Gap shundaki, Preston bir yarim yildan beri YouTube kanalini boshqarib keladi. U o‘z kanaliga Lego uslubida yaratilgan animatsiyalarni joylab boradi. Bundan tashqari, Preston bu ishlarni juda sifatli qiladi. Qishda yosh rassom “O‘rgimchak odam: Olamlar to‘ri” multfilmining treylerini yaratdi. Multfilm prodyuserlari unga e’tibor qaratdi.

Foto: Europa Plus

“Biz 14 yoshli o‘smir ushbu videoroliklar ustida ishlayotganini bilib oldik va bu uning yoshidagi insonlar uchun murakkab ish ekanini o‘yladik. Uning ishi barchani, jumladan, dunyodagi eng yaxshi animatorlarni ham hayratda qoldirdi”, — deydi multfilm prodyuseri.

Shundan so‘ng, loyiha ijodkorlari maktab o‘quvchisi bilan bog‘lanib, unga “O‘rgimchak odam” filmidagi butun sahnani ishonib topshirdi. Preston bu vazifa bilan bahorgi ta’til paytida ham, maktabdan keyin, kechqurun ham shug‘ullangan. Multfilm 2-iyun kuni namoyish etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »