Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida farzandining xatosi sababli gaz ballon portlashi oqibatida ayol yonib, halok bo‘ldi. Bosh prokuratura “Daryo”ga holat yuzasidan ma‘lumotlarni ochiqladi.

Holat 8-iyun kuni soat taxminan 16:20 larda Andijon shahar, “Yorboshi” MFY, Sohil ko‘chasi, 15-uyda sodir bo‘lgan. 1952-yilda tug‘ilgan M.K. va 1996-yilda tug‘ilgan J.X. yashash xonadonida mavjud suyultirilgan gaz ballonidan chaqnash yuz berishi natijasida tan jarohati olib, RSHTTYoIM Andijon filiali tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qarmasdan, fuqaro M.K. 9-iyunda tez tibbiy yordam bo‘limida vafot etgan. Dastlabki tibbiy maʼlumotga ko‘ra, M.K.da alangadan 1-2-3 AB darajada tanasining 100 foiz kuyishi, YUNYK 2-darajali kuyishi hastaligi, shok davri o‘ta og‘ir darajali kuyish shoki, X.J.da esa alangadan 1-2-3 AB darajada tanasining 80 foiz kuyishi, YUNYK 2-darajali kuyishi hastaligi, shok davri o‘ta og‘ir darajali kuyish shoki kabi jarohatlar aniqlangan.

Voqea joyida yong‘in natijasida kuygan narsa va buyumlardan naʼmunalar olinib, yong‘in kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida yong‘in-texnikaviy va ularga yetkazilgan tan jarohatlari darajasini aniqlash maqsadida  sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.

Shuningdek, FVV Andijon viloyati boshqarmasi, “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali va Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga xizmat tekshiruvi tayinlangan. 

Holat bo‘yicha M.K. va X.J.ning oila aʼzolari, shahar FVB bo‘lim xodimlari va voqeaga aloqador bo‘lgan barcha fuqarolardan batafsil tushuntirish xatlari olingan. 

Tergovga qadar tekshiruv davomida Andijon shahar, “Yorboshi” MFY, Sohil ko‘chasi, 15-xonadonning yashash uyi ochiq ayvonida 20 litr va 50 litr hajmli suyultirilgan gaz ballonlari to‘planib, uy egasining farzandi H.J. tomonidan Andijon shahar gaz taʼminoti bo‘limida ro‘yxatda bo‘lmagan 20 litr va 50 litr hajmli gaz ballonlaridan ochiq ayvonga gaz sizib chiqqanini sezmasdan gaz ballonlarini bir-biriga to‘qnashtirishi natijasida chaqnash hodisasi sodir bo‘lgani qayd qilingan. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »