Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi. Buning natijasida davlat budjetiga qariyb 14 trillion so‘m mablag‘ tushmay qolishi prognoz qilingan.

Kecha, 14-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis qonunchilik palatasi yig‘ilishida Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyevning davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022-yildagi hamda 2023-yilning birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tinglandi. Vazirning aytishicha, QQS pasayishiga qaramay joriy yildagi soliq va bojxona tushumlari o‘sgan.

Sherzod Kudbiyev
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
“Qo‘shilgan qiymat solig‘i pasaytirilishiga qaramasdan joriy yilning 1-choragida davlat budjetiga 17,4 trillion so‘m miqdorida soliq va bojxona tushumlari kelib tushdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,6 trillion so‘m yoki 10 foizga ko‘p. Soliq to‘lovchilarga 4,6 trillion so‘m miqdorida QQS qaytarib berildi”, — dedi vazir.

Sherzod Kudbiyevning qo‘shimcha qilishicha, yanvar–mart oylarida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 199 trillion so‘m tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga o‘sishni ko‘rsatgan.

“Bunda qurilish 4,5 foiz, sanoat 4,1 foiz, bozor xizmatlari sohasi 10,9 foizga o‘sgan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 15 milliard dollrani tashkil etib, 2022-yil chorak ko‘rsatkichiga nisbatan 11,9 foizga ortgan. Bunda eksport 2,6 foizga kamayib, 6 milliard dollarni, import 23 foizga ortib, 9 milliard dollarni tashkil etdi”, — dedi u.

Maʼlum qilinishicha, 1-chorakda davlat budjeti davromadlari 47,3 trillion so‘m bo‘lib, belgilangan prognozdan 102,8 foizga o‘sgan va 1,3 trillion oshirib bajarilgan. 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,5 trillion so‘m ko‘p mablag‘ budjetga kelib tushgan.

Yanvar–mart oylarida davlat xarajatlari 59 trillion 33 millird so‘mni (YAIMga nisbatan 29,7 foiz) tashkil etgan. Budjet tashkilotlari qariyb 20,7 trillion so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bilan moliyalashtirilgan. Ijtimoiy sohalar xarajatlari jami davlat budjetining 47,8 foizi (28 trillion so‘m) sarflangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »