Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashuvda Falastin muammosini hal qilish bo‘yicha uchta taklifni ilgari surdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Foto: Reuters
“Birinchidan, Falastin masalasining asosiy yechimi 1967-yilgi chegaralar asosida to‘liq suverenitetga ega, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishdir.

Ikkinchidan, Falastin iqtisodining ehtiyojlari va xalqning turmush tarzi qondirilishini ta’minlash, xalqaro hamjamiyat Falastinga taraqqiyot va gumanitar maqsadlarda yordamni oshirishi kerak. Uchinchidan, tinchlik muzokaralarida to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilish kerak”, — dedi Xitoy rahbari.

Si Szinpinga ko‘ra, muqaddas zaminga nisbatan “tarixiy status-kvoga hurmat ko‘rsatish”, “radikal va provokatsion so‘z hamda ishlardan voz kechish” zarur.

Bundan tashqari, Xitoy rahbari “kattaroq, nufuzli xalqaro tinchlik konferensiyasi”ni chaqirishga ko‘maklashish zarurligini aytdi.

“Tinchlik muzokaralarini qayta boshlash uchun shart-sharoit yaratish va Falastin hamda Isroilning tinch-totuv yashashiga ko‘maklashish uchun haqiqiy saʼy-harakatlarni amalga oshirish kerak”, — dedi Si Szinpin.

U Xitoy tinchlik muzokaralarini rivojlantirishda ijobiy rol o‘ynashga tayyor ekanini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »