Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda ona o‘z farzandini yig‘latib, eriga murojaat qilgani ko‘ringan video tarqaldi. Aytilishicha, ayol Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida yashaydi.

“Rahmatlar aytyapti sizga, ko‘p rahmat aytyapti. Yig‘la, qattiqroq yig‘la, menga bu taʼsir qilmaydi, bu dadangga taʼsir qilmayaptimi, menga ham endi taʼsir qilmaydi”, — deydi bolasini yig‘latib videoga olayotgan ona.

Mazkur voqeaga taalluqli ekani aytilayotgan skrinshotlarda O‘g‘iloy ismli fuqaro pochchasiga xabar yozib, farzandini olib ketmasa o‘lib qolishi mumkinligi aytilgan.

Foto: Telegram

“Pochcha shu yoshga kirganda farzand ko‘rdingiz, farzandingiz kerak bo‘lsa, uydagilaringizga aytib, olib keting. Bola o‘lib qolishi mumkin. Biz hech narsa qilolmayapmiz. Men tug’ganman deb, bizga bermayapti. Umarbekning nima aybi bor, yuzlariga urib, ko‘kartirib tashlagan. Ha, desa tug‘dirgan kelib, olib ketsin deydi”, — deyiladi yozishmada.

Bolasini yig‘latib, eriga videomurojaat qilgan ayol endi bolasiga qaramasligini, boshqa birovga ham bermasligini aytadi.

“Yo‘qolib, erga tegib ket dedingizmi? Shu gapingiz yomon botdi. Men bolangizga qaramasam, it ham qaramaydi. O‘zim endi qaramayman, lekin sizlarga ham bermayman. Tomosha qiling, zavqlaning. Qancha qattiq gapirganingiz sari, shu bola qiynalaveradi. Ajab bo‘libdi, bolangizni qiynab, zavqlanyapman”, — deydi ona.

“Daryo” mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot so‘rab, Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi.

“Shug‘ullanishyapti. Natijasi bo‘yicha tez orada maʼlumot beriladi”, — dedi bu haqda maʼlumot bergan vazirlik vakili.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »