Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Richard Bennett yangi hisobotida ta’limsiz qolgan o‘smir qizlar orasida ruhiy tushkunlik va o‘z joniga qasd qilish fikri ko‘payganini aytdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Bu muammo bilan bir qatorda majburan turmushga berish va yosh bolalarni sotish holatlari ko‘paygan. Hisobotda bu aslida “Tolibon”ning 2021-yil avgustidan boshlab o‘z joniga qasd qilish holatlari kamaygani va ruhiy salomatlik yaxshilangani haqidagi daʼvolariga ziddir.

“Kamsituvchi va cheklovchi muhit, qo‘rquv muhiti va inson huquqlari buzilishi oldida javobgarlik yo‘qligi ayollar va qizlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishni imkonsiz qilgan”, — deyiladi hisobotda.

Ta’kidlanishicha, “Tolibon” 2021-yilning sentabridan 2023-yil mayigacha ayollarga qarshi 50 dan ortiq farmon chiqargan.

BMT maxsus ma’ruzachisiga ko‘ra, “Tolibon” farmonlari ayollar va qizlarning jamiyatda ishtirok etish, asosiy xizmatlardan foydalanish va pul topish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »