Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Issiq havo sharoitida ko‘pchilik an’anaviy qoidalarga amal qiladi — harorat ko‘tarilganda ko‘chada yurmaslik, ko‘proq suv ichish va quyosh tikka ko‘tarilganda suv havzalarida cho‘milmaslik kabi. Biroq haddan tashqari issiq ob-havo noxush oqibatlarga olib kelmasligi uchun bilib qo‘yish foydali bo‘lgan bir necha qoidalar bor. Quyida ayrimlari haqida aytib o‘tamiz.

Foto: Fokus

Muzdek suv ichmang

Issiq bo‘lganda muzqaymoq iste’mol qilishdan yana nima yoqimliroq bo‘lishi mumkin? Diyetolog Kerri Torrensning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror ko‘pincha teskari natija ko‘rsatib, odamda issiqlikni yanada oshishiga olib keladi.

Foto: Fokus

“Oziq-ovqat iste’mol qilish haroratni oshiradi, chunki ovqat hazm qilish vaqtida organizmda qo‘shimcha issiqlik ajralib chiqadi. Bu sovuq taom va ichimliklar tufayli yuzaga keladigan tez sovish jarayoni bilan birga organizm ichki haroratni ko‘taradi. Shu orqali organizmda ortiqcha kompensatsiya yuz beradi.

Yangi poyabzal sotib olmang

Issiq havoda vaqt o‘tkazish uchun konditsionerli savdo markazlarida vaqt o‘tkazish eng qulay joy bo‘lsa-da, bu vaqtda poyabzal do‘konlaridan uzoqroq bo‘lgan ma’qul. Issiqda oyoqlar shishadi va tanlangan poyabzal keyinchalik juda katta bo‘lib chiqishi mumkin.

Termal shish deb nomlanuvchi ta’sir odatda qon tomirlarining issiqda shishishi tufayli yuzaga keladi. Bu tana haroratini tartibga solish jarayonining bir qismidir. O‘zgarish kuzatilganda, suyuqlik atrofdagi to‘qimalarga kirib, shish paydo qiladi.

Mango, qushqo‘nmas yoki artishok yemang

Issiq havoda spirtli ichimliklar kabi ko‘plab narsalardan qochish tavsiya etiladi. Ma’lumki, ular organizmni suvsizlantiradi. Biroq bir qator diuretik ovqatlar ham suvsizlanishga olib keladi, jumladan, mango, qushqo‘nmas va artishok. Ular nafaqat mazali, balki organizmdagi suyuqlikni ushlab turishdan aziyat chekadigan odamlar uchun ham foydalidir. Ammo issiqda ulardan voz kechish yaxshiroqdir. Organizmdagi namlikni ko‘proq ushlab turish uchun pomidor, bodring, rezavorlar va ismaloq kabi suvi ko‘p ko‘katlarni iste’mol qilgan ma’qul.

Foto: Fokus

Issiq havoda kokos suti yoki suv ichishingiz mumkin, unda kaliy, natriy va magniy kabi elektrolitlar mavjud bo‘lib, gidratsiyaga yordam beradi.

Uyni ta’mirlatmang

Issiq havoda qurish uchun qoldirilgan uy bo‘yoqlari devorlarda kutilganidek chiroyli chiqmasligi, ya’ni qabariqlar hosil bo‘lishi ehtimoli yuqori. Buning sababi shundaki, yuqori harorat bo‘yoq plyonkasi ostida namlik va havoning kengayishiga olib keladi. Keyin u pufakchalar hosil qilib, tashqariga chiqadi. Xuddi shunday juda issiq havoda uy devoriga gulqog‘oz yopishtirmagan ma’qul. Baland harorat devorga yopishtirishdan oldin devor qog‘oziga qo‘llaniladigan pasta yopishtiruvchi vositani quritishi yoki qog‘ozning chekkalarida burishishiga olib kelishi mumkin.

Telefoningizni kun davomida quvvatlantirmang

Jihozlarda ma’lum miqdorda issiqlik hosil bo‘ladi. 2020-yilda ZDNet tadqiqotchilari simsiz zaryadlovchini termal tasvir kamerasi yordamida sinovdan o‘tkazishdi va u foydalanish paytida ham, foydalanilmaganda ham qanchalik issiq ekanligini o‘rganishdi. Ular iPhone 11 Pro Max simsiz zaryadlovchi qurilmaga o‘rnatilganda qurilma harorati 32°C ga yetganini, o‘sha paytda esa atrof-muhit harorati 20°C  bo‘lganini aniqlashdi.

Shuning uchun foydalanilmayotganda qurilmalarni o‘chirib qo‘yish kerak, shuningdek, ichki qismlari qizib ketmasligi uchun muzlatkichlarning orqasida shamol aylanishi uchun yetarli joy mavjudligiga ishonch hosil qiling.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »