Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Morgenshternga Qirg‘izistonda konsert berishga ruxsat berilmadi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Bishkekda Morgenshternning ALGA FEST festivali doirasida 23-iyunga belgilangan konserti ko‘plab shikoyatlar ortidan bekor qilindi. 

“Yaqinda ijrochi Alisher Morgenshternning chiqishiga qarshi bo‘lgan faollar norozilik aksiyasi tashabbusi bilan chiqdi. Mana bir haftadan beri har kuni sanʼatkor va tashkilotimizga tahdidli xabar va qo‘ng‘iroqlar kelyapti.

Bugun esa norozilik to‘lqini Madaniyat vazirligiga ham yetib keldi va bu masala Jogorku Keneshda ham ko‘tarildi. Afsuski, Alisherning konsertini bekor qilishga majbur bo‘ldik”, — deydi ALGA FEST tashkilotchilari.

Avvalroq Bishkekda Rossiyaning “Pornofilmi” va “Bi-2” guruhlarining konsertlari ham bekor qilingan edi. E’tiborli jihati, Rossiyada ularning barchasi xorijiy agentlar deb ataladi.

Ma’lumot uchun: Morgenshtern — rossiyalik rep va estrada artisti, musiqachi, shoumen.

U 2017-yilda YouTube’da o‘sha paytdagi mashhur san’atkorlarga parodiya qilish orqali shuhrat qozongan.

2022-yilning fevralida Morgenshtern ijtimoiy tarmoqlarda giyohvand moddalar savdosida ayblanganidan keyin Rossiyani tark etgan.

Rossiyada unga nisbatan Jinoyat kodeksining 330,1-moddasi 2-qismi (bir yil davomida ikki marta ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin shaxs tomonidan chet el agenti faoliyati tartibini buzish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, u o‘zining Telegram-kanalidagi postlarida xorijiy agent maqomini ko‘rsatmagan.

Morgenshtern Dubayga ko‘chib o‘tgan va u yerda Rossiyadagi mulkini sotib, Fors ko‘rfazidan uy sotib olgan.

Izoh

Timur Hasanoff

17.06.2023, 15:26

mana xaqiqiy xalq mana xaqiqiy birdamlik qirgiz xalqida, bizga oxshab faqat sŏzdamas amalda bajarishdi, nizkiy paklon vam bratya kirgizi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »