Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida o‘zganing bank kartasidan pul o‘g‘irlab, onlayn qimorga tikib yuborgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

IIV Kiberxavfsizlik markazining xabar qilishicha, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yashovchi 63 yoshli ayol J.B. murojaat qilib, bank kartasidagi 2 million 55 ming so‘m noma’lum tarzda yechib olinganini ma’lum qilgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida yashovchi, muqaddam o‘g‘rilik, talonchilik jinoyatlari uchun sudlangan 36 yoshli erkak K.S. sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, K.S. ayolga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Mobiuz aloqa kompaniyasi operatori sifatida tanishtirgan va uning raqamiga ochilgan pullik xizmatlarni o‘chirish uchun “sms-xabarnoma” orqali kelgan maxfiy kodni so‘rab, bilib olgan.

Natijada u ayolning bank karta boshqaruv huquqini qo‘lga kiritgan va u sezib qolmasligi uchun ma’lum vaqt davomida, yashirin tarzda jami 2 million 55 ming so‘m pulni bo‘lib-bo‘lib boshqa kartaga o‘tkazib olgan.

Shundan so‘ng, K.S. jinoiy yo‘l bilan topgan mablag‘larni yanada ko‘paytirish uchun onlayn qimorga tikib, yutqazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan K.S.ga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonunga muvofiq, K.S. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »