Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya va Netflix hamkorligida suratga olingan “Kalmar o‘yini” serialining ilk tizeri va ikkinchi mavsumida suratga tushadigan aktyorlar tarkibi e’lon qilindi.  

Foto: “Yandeks.ru” 

“Emmi” mukofoti sovrindori Li Jong Je, Li Byon Xon, Vi Ha Jun va Kon Yu yana loyihada o‘yinchi sifatida paydo bo‘ladi. Shuningdek, serial aktyorlari tarkibiga Im Shi Van (“O‘g‘irlangan shaxs” loyihasida suratga tushgan), Kan Xa Nil (“Yugurayotgan inson” filmida suratga tushgan), Pak Son Un (“Ov” loyihasidagi roli bilan tanilgan) va Yan Don Gin (“Noma’lum manzil” filmida ishtirok etgan) qo‘shilgan.

Sujet katta pul mukofotini qo‘lga kiritish uchun shafqatsiz o‘yinlarga jonini tikkan qahramonlar haqida hikoya qiladi. Serialning yangi mavsumi qachon namoyish etilishi e’lon qilinmagan. “Kalmar o‘yini” 2021-yilning sentabr oyida namoyish etildi va Netflix tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan serialga aylandi. Loyiha namoyish etilganidan bir oy o‘tib, stiriming xizmatida  1,65 milliard soat tomosha qilingan serial bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »