Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika tahliliy instituti (ISW) Ukrainadagi harbiy harakatlarning kunlik xulosasini taqdim etdi. Unda ekspertlar Ukraina qurolli kuchlari o‘z taktikasini qayta ko‘rib chiqish uchun hujum operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

ISW ma’lumotlariga ko‘ra, 16-iyun kuni Estoniya harbiy razvedkasi rahbari Margo Grosberg yaqin yetti kun ichida Ukraina tomoni qarshi hujum faolligini kamaytirishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar o‘z operatsiyalariga “ehtiyotkorlik va xotirjamlik bilan” yondashmoqda, chunki ular uchun ham insoniy, ham texnik resurslar “oltinga teng”.

Foto: Korrespondent.net

Institutning ta’kidlashicha, qarshi hujumning to‘xtatilishi haqida 17-iyundagi The Wall Street Journal nashrida ham eslatib o‘tilgan. Materialga ko‘ra, Ukraina qo‘mondonligi “Rossiya pozitsiyalarini katta yo‘qotishlarsiz yorib o‘tishning usullarini” tahlil qilish uchun qarshi hujum harakatlarini to‘xtatishga qaror qilgan.

ISW ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi o‘z zaxiralarining asosiy qismini hali jangga jalb qilmagan.

“Operativ pauzalar yirik hujumlarda tez-tez uchraydigan hodisadir va bu pauza Ukraina qarshi hujumining tugashini anglatmaydi”, — deb qo‘shimcha qildi ISW. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »