Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Volgograd shahrida o‘zbekistonlik 3 nafar mehnat migrantining 160 ming rubl ish haqi olib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, Volgograd shahrida qishloq xo‘jaligi ishlarida vaqtincha mehnat faoliyatini olib boryotgan 3 nafar o‘zbekistonlikning ish boshqaruvchi tomonidan pasportlari va ish haqlari olib qo‘yilgani hamda jismoniy kuch ishlatilgani yuzasidan qilgan murojaatini tezkorlik bilan o‘rganish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu shahardagi vakili voqea joyiga yetib bordi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili aralashuvi bilan ish beruvchi korxona rahbari ularning pasportlarini va 160 ming rubl ish haqlarini qaytardi. Ish boshqaruvchining xatti-harakatlari esa huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Shu bilan birga, ular vokzalga olib borib qo‘yildi va Volgograd-Samarqand poyezdi uchun chiptalar olib berishga ko‘maklashildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »