Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov o‘zining yaralangani yoki o‘lgani haqida Rossiya OAVlarida tarqalgan mish-mishlarga izoh berdi. Harbiyning bayonotini Kyiv Post nashri chop etdi.

Foto: Defence Intelligence of Ukraine
 
“Hozir Ukrainada o‘lmas qo‘mondonlarning maxsus otryadi shakllantirilmoqda — Valeriy Zalujniy, men, Stepan Bandera, Simon Petlyura, Ivan Mazepa. Shuning uchun, ruslar va ularning propogandachilari hali ko‘p asabiy, isterik muhitda ishlashiga to‘g‘ri keladi. Tunlari o‘lmas otryad Ukrainani bosib olishga intilayotgan ruslarning tushiga kirib, ularni dahshatga soladi”, — dedi Budanov.

15-iyun kuni Rossiya davlat agentligi “RIA Novosti” Kirill Budanov 29-may kuni Kiyevdagi Razvedka bosh boshqarmasi (GUR) binosiga Rossiya tomonidan berilgan zarbadan so‘ng og‘ir yaralangani haqida xabar berdi. Agentlikning Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbasi Ukraina razvedkasidagi manbaga tayanib, raketa Budanov yonidagi ofisga tushganini da’vo qildi. Shundan so‘ng Budanov vertolyotda Polshadagi harbiy bazaga, u yerdan esa Berlindagi kasalxonaga evakuatsiya qilingani aytildi.

29-may kuni, ya’ni Budanov “yaralangan” kuni GUR Telegram-kanalida razvedka rahbari Ukrainaga raketa hujumi uchun Rossiyadan qasos olishga va’da bergan video chop etildi. 11-iyun kuni GUR kanalida razvedka boshlig‘ining yana bir videosi paydo bo‘ldi, unda Budanov kameraga jim qarab turadi. “Rejalar sukunatni yaxshi ko‘radi”, — deyiladi video ostidagi yozuvda.

“RIA Novosti”, shuningdek, 24-may kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy go‘yoki Rossiya raketasining hujumi oqibatida boshidan jarohat olgani, unga raketa parchalari tekkani, ortiq o‘z ishini bajara olmasligi haqida yozdi. Kiyevda bu ma’lumot rad etildi. Ukrainalik zobit va bloger Anatoliy Shtefan Valeriy Zalujniy ishtirokidagi videoni joylashtirdi va u 25-may kuni suratga olinganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »