Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Senati qirq ikkinchi yalpi majlisi 22-iyun kuni chaqiriladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Xususan, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi, “‘Davlat boji to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi hamda “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikasiya qilish haqida”gi qonunlar ham muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, yalpi majlisda Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta’minlash choralari yuzasidan Madaniy meros agentligiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »