Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning sobiq madaniyat va sport vaziri, Milliy muzeyning sobiq direktori Aristanbek Muxameduli 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Ostona sudi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Kursiv.kz”

Hukm 20-iyun kuni Qozog‘iston poytaxtining 2-Boyqo‘ng‘ir tuman sudida e’lon qilindi.

Aristanbek Muxameduli 2022-yilning may oyida hibsga olingandi. U xalqaro ko‘rgazmani o‘tkazish uchun ajratilgan 146 million tengeni (337 ming dollardan ko‘p) o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Muxameduli 2019-yilda Ostonadagi Milliy muzeyga rahbarlik qilishni boshlagan. 2021-yil muzeyda “Oltin odamning dunyo muzeylari bo‘ylab yurishi” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Ko‘rgazma Rossiya, Turkiya, Gretsiya, Malayziya, Shimoliy Makedoniya, O‘zbekiston kabi 12 davlatda namoyish etilgan.

Muxameduli o‘zining aybsizligini da’vo qildi. Hukm e’lon qilinganidan keyin u sud qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekanini aytdi.

Shuningdek, Muxameduli umrbod davlat xizmati va kvazidavlat sektori lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi.

Aprel oyida Qozog‘istonda sobiq general Serik Kudebayevga nisbatan 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan edi. 2022-yil yanvar voqealari bo‘yicha ayblanuvchi qochoq general Kudebayev Istanbulda qo‘lga olinib, Qozog‘istonga olib kelingan.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimov esa davlatga xiyonat, hokimiyatni egallashga urinish, mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilib, 18 yilga qamalgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »