Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi Shoira Ahmedova qornida homilasi bo‘lishiga qaramasdan MIB xodimlari unga qo‘pol munosabatda bo‘lib, 350 ming so‘mlik qarzdorlik uchun unga tan jarohati yetkazganini, shaxsiy avtomobili qarzdorlik sabab tortib olinganini aytib, “Daryo”ga murojaat yo‘lladi.

Foto: Shoira Ahmedova

“20-iyun kuni Kitob tumani Majburiy ijro byurosidan menga telefon qilishib, 350 ming so‘m miqdorida qarzdorligingiz bor deyishdi. Shunda men hozir imkoniyatim yo‘q, payshanba kuni to‘lab beraman dedim. Shunda men bilan telefonda gaplashayotgan xodim sen muttahamsan dedi. Uning bu gapiga chidolmay, MIBga bordim. Borsam, o‘sha xodim uch nafar erkak bilan chiqib keldi. Ularning qo‘lida kamera ham bor edi. Shunda ular mening telefonimni, avtomobilim kalitini tortib olishdi. Uchta erkak homilador bo‘lishimga qaramasdan, urib, turtkilab, menga kuch ishlatdi”, — deydi “Daryo”ga bu haqda shikoyat qilgan ayol.

Murojaatchining aytishicha, uning telefoni va avtomobili kaliti tortib olinib, o‘ziga nisbatan qo‘pol munosabat qilinganidan so‘ng, u MIB binosidan chiqib, boshqa birovning telefoni yordamida opasiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Foto: Shoira Ahmedova

“Ko‘chaga chiqib, birovning telefonidan opamga telefon qildim. Opam MIB binosiga kelib, 350 ming so‘m miqdoridagi qarzimni ham to‘lab berdi. MIB xodimlari esa mening ruxsatimsiz Nexia-3 rusumli mashinamni haydab, MIB binosiga olib kirib qo‘ydi. MIB xodimlari menga so‘kinib, qo‘pol munosabatda bo‘lishdi va xohlagan joyingga shikoyat qil deyishdi”, — deydi murojaatchi.

Shoira Ahmedovaning qo‘shimcha qilishicha, u o‘ziga nisbatan qilingan qo‘pol munosabat va tan jarohati olgani uchun, Qashqadaryo viloyat IIBning 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida xabar bergan. Shuningdek, MIBning viloyat boshqarmasi boshlig‘i bilan gaplashib, xodimlari ustidan shikoyat qilgan.

“O‘sha kuni shifoxonaga joylashganimdan so‘ng, 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, holat haqida aytib berdim. Lekin hech kim xabar olmadi”, — deydi u.

Foto: Shoira Ahmedova

Ayolning qo‘shimcha qilishicha, u ayni paytda ham shifoxonada qolib, davolanishni davom ettirmoqda.

MIBning viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova “Daryo”ning murojaatchi davosi borasidagi savollariga javob berar ekan, holat aksincha bo‘lganini, qarzdor MIB xodimlariga tan jarohati yetkazganini aytdi.

Shoira Ahmedova.
Foto: Telegram

“Joriy yilning 20-iyun kuni qarzdor Sh.Ahmedova qarzdorligini to‘lash o‘rniga Byuroning Kitob tuman bo‘limi binosiga kelib, katta janjal ko‘targan. Gap shundaki, Byuroning Kitob tumani bo‘limi ish yurituvida qarzdor Sh.Ahmedovadan ‘Variant retail finance’ MCHJ foydasiga 6 million 959 ming 436 so‘m, ‘Alif moliya’ MCHJ foydasiga 7 million 777 ming 877 so‘m qarzi hamda 600 ming so‘m miqdorida davlat bojini undirish haqida ijro hujjatlari bor. Qarzdor 2023-yilning 20-iyun kuni soat taxminan 16:23 lar atrofida bo‘lim davlat ijrochisi D.To‘xtayeva tomonidan Byuroning tuman bo‘limiga chaqirtirilgan. MIB xodimi qarzdorga bo‘lim ish yurituvidagi mavjud qarzdorliklarini berilgan ixtiyoriy muddatda to‘lamaganligi bois, boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasini qarzdorlik evaziga xatlashini aytgan. Shu payt qarzdor to‘satdan davlat ijrochisiga tashlanib ushbu qarzdorliklarini to‘lamasligini bildirib, og‘izga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratlab, uning o‘ng qo‘l va bo‘yin sohasiga shilinish ko‘rinishidagi tan jarohatlarini yetkazgan”, — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Gulnoza Dilmurodova.

Taʼkidlanishicha, bo‘limdagi boshqa davlat ijrochilari qarzdorni tinchlantirmoqchi bo‘lgan vaqtda qarzdor ularni ham har-xil og‘izga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratlab, bo‘lim binosini tark etgan.

“Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan materiallar, huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Kitob tuman prokuraturasiga yuborilgan. Natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi”, — deydi masʼul.

“Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »