Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Rossiya va Qozog‘iston bilan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini almashish to‘g‘risidagi bitimni ma’qullovchi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati. Rossiya va Qozog‘iston bu kelishuvni mos ravishda 2021 va 2022-yillarda ratifikatsiya qilgan.

Foto: RFE

Ushbu kelishuvga ko‘ra, uch mamlakat fuqarolari quyidagi ma’lumotlarini o‘zaro almashadi:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bo‘yicha;
  • bitimda ishtirok etuvchi davlatlarning fuqaroligi mavjudligi yoki yo‘qligi haqida;
  • doimiy yoki vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarning bor-yo‘qligi haqida;
  • migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazilgani yoki yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingani, shu jumladan uchinchi davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar haqida;
  • mazkur davlatlar hududiga kirish huquqini beruvchi vizalar berish haqida;
  • fuqarolarning ko‘chmas mulki bo‘yicha;
  • mulkka oid majburiyatlari to‘g‘risida;
  • shaxsni ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tegishli kelishuv 2020-yilda imzolangan. 2023-yil may oyi oxirida uni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun Qirg‘iziston parlamenti tomonidan qabul qilingan.

Bitim Qirg‘iziston zarur “ichki tartib-qoidalar”ni bajargach 30 kundan keyin kuchga kiradi.

2023-yilning yoziga kelib Qirg‘izistonda yuzni tanish tizimi ishga tushirildi, uning yordamida mahalliy huquq-tartibot idoralari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi. Ushbu tizim doirasida Rossiya hukumati Qirg‘izistonga 85 mingdan ortiq odam haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tizim ishga tushgan birinchi o‘n kunlikda respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan to‘rt nafar chet el fuqarosi, jumladan, Rossiyadan kelgan faollar qo‘lga olindi. Bungacha Qirg‘iziston hukumati Rossiyada qotillikka urinishda ayblanayotgan urushga qarshi faol Aleksey Rojkovni Yekaterinburgdagi harbiy komitetga “Molotov kokteyli” uloqtirgani uchun hibsga olgan edi. Iyun oyi boshida faol Rossiyaga deportatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi. Hozir u qamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »