Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari bilan chegaradosh bo‘lgan shimoliy viloyatlariga Pokistonnig “Tehrik-e Tolibon” (TTP) harkati a’zolari ko‘chirib olib kelingani xabar qilinmoqda.

Bu qaror ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Marshal Abdurashid Do‘stum ham Shimoliy Afg‘onistonda Vaziristonning tashkil etilishiga munosabat bildirib, “shahidlar qabristoni”ning bosqinchilar oyog‘i ostida qolishiga yo‘l qo‘ymasligini aytib o‘tdi.

Jumladan, Do‘stum boshchiligidagi “Milliy junbish” partiyasi bu harakatni “xorijiylarning bosqinchiligi” va “Afg‘onistonni bosib olish uchun yana bir sharmandali urinish” deb atagan.

Shu bilan birga, “Milliy Junbish” partiyasi matbuot kotibi Ehson Niro “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Marshal Abdurashid Do‘stum BMTga maktub yo‘llab, Pokiston Tolibon guruhi a’zolariga Afg‘oniston shimoliga ko‘chib o‘tishga ruxsat bermaslikni so‘raganini ma'lum qildi. 

 Aks holda “Tehrik-e Tolibon” harkati Markaziy Osiyo davlatlariga xavf tug‘dirishi mumkin, deb hisoblaydi Ehson Niro.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan siyosiy masalalar bo‘yicha ekspert Asadulla Nadim ham “Tolibon” harakati TTP a’zolarini Afg‘onistonning shimoliy viloyatlariga olib kelishini mintaqa davlatlariga strategik tahdid sifatida baholadi.

Nadimga ko‘ra, bu etnik siyosat hisoblanadi, chunki “Tolibon” a’zolarining asosiy qismini pushtunlar tashkil qiladi.

Kecha Taxor viloyati o‘zbeklari Pokistondan Afg‘onistonga kelgan pushtunlar bilan Taxorda jang qilgan. Taxorning Xavaja Bahouddin viloyatidagi Noabad Seji qishlog‘i aholisi “tayoq va toshlar” bilan Pokistondan kelgan ko‘chmanchilar bilan to‘qnashdi.

Tojikistonga qo‘shni bo‘lgan Taxor viloyatiga “Tehrik-e Tolibon” a’zolarining 300 nafar oilasi ko‘chib borishi avvalroq xabar qilingan edi.

“Tolibon”ga qarshi bo‘lgan Ahmad Mas’ud boshchiligidagi qarshilik fronti ham Tojikiston chegarasida Pokiston “Tolibon” harakatining borligi xavotirli voqea ekanini aytib o‘tdi.

Foto: Google Images

Qarshilik ko‘rsatish fronti tashqi aloqalar bo‘limi rahbari Ali Maisam Nazariy Tojikiston bilan chegaradosh Taxorda Pokiston “Tolibon” harakatining mavjudligi Tojikiston bilan birga boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining ham xavfsizligi va suverenitetiga bevosita tahdid solishi haqida ogohlantirdi.

Ammo “Tolibon” harakati vaziristonlik qochqinlarning Afg‘oniston shimoliga ko‘chirilishini “jiddiy masala deb hisoblamasligi”ni ma'lum qildi.

“Tolibon” hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Pokiston bilan chegara yaqinida joylashgan Vaziriston viloyatidan (Pokiston shimoli-g‘arbida) kelgan muhojirlarning bir qismi “ko‘proq nazorat qilish maqsadida” Afg‘onistonning boshqa hududlariga ko‘chirilganini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »