Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar pensiyaga chiqa olishlari mumkinligini eslatdi.

Foto: “Daryo”

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunda erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga to‘lganda, ularga to‘liq pensiya tayinlanishi belgilangan. Fuqaroning mehnat staji kamida 7 yil bo‘lganda unga to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanadi.

Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, qonunchilikda ishsiz fuqarolar uchun pensiya tayinlash imkoniyati ham yaratilgan.

“Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida 78 turdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa hamda o‘rnatilgan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, kamida bazaviy hisoblashning bir barobari (330 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lasa, 1 yil mehnat stajiga ega bo‘ladi. Demak, ishsiz fuqaro 7 yil davomida har yili Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirsa, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi”, — deya eslatgan jamg‘arma.

Bugungi kunda ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 535 000 so‘m.

“Pensiya miqdori ish haqi va ish stajiga bog‘liq. Agar fuqaro ijtimoiy soliqni qancha ko‘p to‘lasa, pensiya miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi”, — deya xabar bergan Pensiya jamg‘armasi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 million 447 ming 597 nafarni tashkil qiladi. Shundan pensiya oluvchilar 3 million 839 ming 508 nafar, nafaqa oluvchilar 608 ming 89 nafardir. 2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 3 million 182 ming 617 nafarni, nogironlik pensiyasini oluvchilar 426 ming 532 nafarni, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar 230 ming 359 nafarni tashkil qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »