Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik yutyuber Mettyu Bim dunyodagi eng katta iPhone’ni yaratib, rekord o‘rnatdi. Avvalgi rekord 2020-yilda balandligi 1,8 metr va og‘irligi taxminan 136 kg bo‘lgan iPhone’ni yaratgan yutyuber ZHC’ga tegishli edi. iPhone’ning hajmi kattaligiga qaramay, undan oddiy smartfon sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan.

Foto: Lifehacker 

Mettyu Bim barcha elementlarning joylashuvini imkon qadar haqiqiy iPhone 14 Pro’ga o‘xshatishga harakat qilgan va har bir tugma va moslamalarni funksional ravishda ishlab chiqqan. Uning korpusi ham oddiy iPhone’nikiga o‘xshaydi: gadjetning orqa paneli shishadan, ramkasi sayqallangan metalldan qilingan. iPhone’da olma logotipi ham mavjud.

Gadjetning old tomoniga tasvirni ko‘rsatish uchun televizor o‘rnatilgan (diagonali ko‘rsatilmagan), unga sensorli boshqaruvni amalga oshirish uchun sensorli ekran qo‘yilgan. Ushbu smartfondan bemalol foydalanish mumkin: u Safari’dan foydalanish, xabarlar jo‘natish, old kamera bilan suratga olish va hatto FaceTime qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish imkonini beradi.

Smartfonda ikki kun davomida Nyu-Yorkdagi topshiriqlar ro‘yxati bajarilgan. iPhone metroga chiqish, Apple Pay’dan foydalangan holda xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish, mehmonxonani bron qilish va unda joylashishga yordam berish, ertalabki yugurishga uyg‘otish, shuningdek, mashhur texnobloger MKBHD’dan izoh olish kerak edi. Gadjet 10 balli baholash tizimidan 8 ball oldi – MKBHD gigant iPhone’da Siri ishlasa, 9 ball olishini qayd etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »