Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH razvedkasi “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning qisqa muddatli isyoni oldidan rejalari, jumladan “Vagner” qayerda va qanday oldinga siljishni rejalashtirgani haqida ma’lumotlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda anonim manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: Reuters

Ammo razvedka ma’lumotlari shu qadar sir saqlanganki, u NATO darajasida emas, balki faqat tanlangan ittifoqchilar, jumladan, Britaniyaning yuqori martabali amaldorlari bilan bo‘lishilgan.

Prigojinning aynan qachon harakat qilishi aniq bo‘lmagan, deydi manbalar. Ammo u 10-iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligining barcha xususiy harbiy kompaniyalar, jumladan “Vagner” ham Rossiya armiyasi bilan shartnomalar imzolashga majbur bo‘lishi haqidagi e’lonidan keyin o‘z rejasini ilgari surgan ko‘rinadi.

Razvedka shu qadar sir ediki, AQSHda u faqat eng yuqori martabali ma’muriyat amaldorlariga, shuningdek, razvedka bilan bog‘liq eng nozik masalalarga kirish huquqiga ega bo‘lgan Kongressning Sakkizlik guruhi a’zolariga ma’lum qilingan.

Razvedka ma’lumotlari sirligi shundan iboratki, ba’zi yuqori martabali yevropalik va AQSH hukumatidagi amaldorlar ham Prigojinning hujumidan ehtiyot bo‘lgan.

Ba'zi NATO rasmiylari razvedka ma'lumotlari oshkor etilmaganidan norozilik bildirgan. 

“Ammo ma’lumotlarni ochiqlash o‘ta nozik manbalar va usullarni xavf ostiga qo‘ygan bo‘lardi. Ukraina rasmiylariga ham razvedka haqida oldindan aytilmagan. Bu AQSH va Ukraina rasmiylari o‘rtasidagi suhbatlar dushmanlar tomonidan tinglanishi mumkinligidan qo‘rqish bilan bog‘liq”, — deya tushuntiradi manbalar. 

Isyondan keyin Bayden ittifoqchilar, jumladan Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Kanada rahbarlari, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashgan. O‘sha suhbatlar chog‘ida AQSH razvedkasiga ma’lum bo‘lgan narsalarni yaxshiroq tushunishni ta’minlash uchun isyon haqidagi razvedka ma‘lumotlari ochiqlangan.

Prigojin isyoni o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. AQSH rasmiylari uning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan davom etayotgan nizosini bir necha oy davomida kuzatgan va ikkalasi o‘rtasidagi tahdidlar almashinuviga e’tibor qaratgan. Shuningdek, “Vagner” isyon oldidan qurol va o‘q-dorilarni jamg‘arayotgani haqida ham ma’lumotlar bor edi.

“O‘n yil avval Putin bunday o‘yinning kechishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi. Bu Putin aniq zaiflashganini anglatadi”, — deydi Virjiniya shtatidan demokrat senator, razvedka qo‘mitasining raisi aʼzosi Mark Uorner.

Prigojin iste’foga chiqishidan oldin, Ukraina rasmiylariga turli darajadagi ittifoqchilar murojaat qilib, ularni Rossiya ichidagi tartibsizlikdan foydalanib, zarba berishdan voz kechish haqida ogohlantirgan, deydi G‘arb rasmiysi.

Xavotir shundan iborat ediki, Ukraina va G‘arb Prigojinga yordam berib, Rossiya suverenitetiga tahdid solayotgandek ko‘rilardi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »