Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Haddan tashqari ortiqcha terlash muammosi ko‘chilik uchun dolzarbdir. Terlashning hiylasi shuki, siz barcha gigiyena qoidalariga rioya qilishingiz va kiyimingizni toza saqlashingiz mumkin, biroq kiyimdagi dog‘lar va yoqimsiz hid sizni tark etmaydi. Yoz mavsumida mayin shamol va qulay ob-havo issiqlik bilan o‘rin almashganda terlash bir necha barobar faollashadi. Bu holatdan chiqish yo‘li bor va Marie Claire nashri bu muammoni hal qilish uchun sizga tashqi emas, balki ichki sabablarga e’tibor berishni maslahat beradi.

Foto: Marie Claire

“Taqiqlangan” mahsulotlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda ko‘pchilik uchun sevimli yoz yeguligi — muzqaymoq turibdi. Buning sababi shuki, uni yeyish faqat vaqtinchalik sovutish ta’siriga ega va yuqori yog‘li tarkib tufayli organizm uni uzoq vaqt energiya bilan hazm qiladi. Agar o‘zingizni muzqaymoq iste’mol qilish zavqidan tiyib turolmasangiz, uni kiyimingiz uchun noxush oqibatlarsiz bajarish mumkin.

Misol uchun muzqaymoqni rezavorlar yoki mevalardan qilingan sorbet bilan almashtiring, unda sut va krem ​​bo‘lmagani bois kaloriyasi kamroq hisoblanadi. Ushbu variantni bolaga ham taklif qiling, shu tariqa unda sog‘lom ovqatlanishga ijobiy munosabat va har qanday zararli oziq-ovqat uchun foydali o‘rinbosar borligini tushunish shakllanadi.

Foto: Marie Claire

Haddan tashqari ko‘p terlashdan xavotirda bo‘lganlar klechatka miqdori kam bo‘lgan taomlardan ham ehtiyot bo‘lishlari kerak, chunki klechatka ovqat hazm qilishni osonlashtiradi va organizm bu uchun ko‘p energiya sarflamaydi.

Shunday qilib fastfudlar, tabiiy kakao donalari kam bo‘lgan shokolad, oq non va boshqa qayta ishlangan ovqatlardan voz keching. Bu juda muhim, chunki muzqaymoq singari organizm bunday oziq-ovqatlarni hazm qilish uchun bir necha marta ko‘proq ishlashi kerak, bu esa terlash kabi tashqi ko‘rinishlarga ham ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ko‘p miqdorda tuz bo‘lgan oziq-ovqatlar va taomlarni ham imkon qadar kamroq iste’mol qiling. Uning tarkibidagi natriydan xalos bo‘lish uchun organizm ko‘p kuch sarflashga to‘g‘ri keladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ba’zi ichimliklar va taomlar haqiqatan ham mavsumiydir. Misol uchun kuz-qish davrida bizning ishtahamiz ortadi, chunki organizm sovuq mavsumga yaqinlashishga tayyorlanadi va shuning uchun foydali mikroelementlarni “to‘plash”ga intiladi. Biroq issiq mavsumda yengilroq ovqatga o‘tishingiz kerak: bu faol terlashdan xalos bo‘lishga va issiq havodan charchagan organizmni kuchli oziq-ovqat bilan zo‘riqtirmaslikka yordam beradi.

Foydalanadigan antiperspirantlarga e’tibor berishni tavsiya qilamiz. Hatto bir necha kun davomida terdan himoya qilishni va’da qilgan mahsulotlar ham, aslida, o‘z tarkibidagi sun’iy qo‘shimalar bilan yoqimsiz hidni qo‘zg‘atishi mumkin. Shuning uchun tabiiy tarkibga ega yoki hidsiz antiperspirantlarni tanlang.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »