Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, Rossiyada “Vagner” qurolli isyoni boshlangan paytda Belarus armiyasi to‘liq shay holatga keltirilgan.

Foto: “BelTA”
“Rossiyadagi voqealar sodir bo‘lganda, men armiyani to‘liq jangovar shay holatga keltirish bo‘yicha barcha buyruqlarni berdim. Hech kim, hattoki, Telegram-kanallarda ham bunga qarshi chiqishmadi. Na oilalar, na ayollar, na bolalar va qarindoshlar — hech kim. Kunning ikkinchi yarmida armiya, barcha Qurolli kuchlar, jumladan politsiya, maxsus bo‘linmalar to‘liq jangovar shay holatga keltirildi”, — deya Lukashenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “BelTA”.

Belarus prezidenti yuqori martabali zobitlarga pogon topshirish marosimidagi nutqida Belarus muxolifatining “Vagner” isyoni paytidagi harakatlariga ham izoh berib o‘tdi.

“Ular hatto navbatdagi chaqiriqlar va rejalarini e’lon qilishga muvaffaq bo‘ldi. Hisob berish kerakki, ular ham qurolli isyonning yana bir ssenariysini amalga oshirishga tayyor. Bunday holatlar avval ham bo‘lgan”, — dedi u.

Rossiyadagi isyon paytida Belarus muxolifati vakillari Belarus fuqarolariga murojaat bilan chiqqandi. Xususan, Belarus demokratik kuchlari yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Belarus harbiylarini o‘zining ichki mojarosiga tortishga harakat qilyapti”, deb aytdi. U, shuningdek, tezkor shtab tashkil etilganini e’lon qildi va Rossiya bilan chegarani yopishga chaqirdi. Bundan tashqari, u Rossiya qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish kerakligini ta’kidladi. O‘z navbatida, shtab rahbari Valeriy Saxashik belarus harbiylariga murojaat qilib, ularni “mamlakatni saqlab qolish” uchun birlashishga chaqirdi.

“Vagner”ning 24 soatlik qurolli qo‘zg‘oloni guruh asoschisi Yevgeniy Prigojin va Rossiya hukumati o‘rtasidagi kelishuv bilan yakunlandi, unga ko‘ra “Vagner” yollanma askarlari Rossiya Mudofaa vazirligi xizmatiga kirmaydi yoki qarindosh va do‘stlari yoniga qaytmaydi, ular “Belarusga jo‘nab ketishi” mumkin. 27-iyun kuni ertalab Prigojinning shaxsiy samolyoti Minsk yaqinidagi harbiy aerodromga qo‘ngani ma’lum bo‘ldi. Uning o‘zi bortda bo‘lganmi yoki yo‘qligi noma’lum.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »