Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aksariyat oilalar asrab olgan bolalarini o‘z farzandlaridek tarbiyalashadi. Mashhurlar ko‘pincha afrikalik va osiyolik go‘daklarning hayotini yaxshilash va boshqalarni ham xuddi shunday xayrli ishlarni qilishga ilhomlantirish uchun shu ishni qilishni afzal ko‘rishadi.

Madonna

Xonanda Madonna malavilik to‘rt nafar bolani asrab olgan. U o‘g‘li Devid Banda Mvaleni 2006-yilda, uch yildan keyin esa qizi Chikundo Mersi Jeymsni asrab olgan. Madonna 2017-yilda egizaklari Stella va Esterning vasiyligini oldi. Shuningdek, xonandaning aktyor Karlos Leondan Lourdes ismli qizi va rejissor Gay Richi bilan turmushidan Rokko Jon ismli o‘g‘li bor.

Foto: The Voice

Bred Pitt va Anjelina Joli

Juftlikning olti nafar farzandi bor, ulardan uchtasi asrab olishgan. Anjelina 2002-yilda kambodjalik Maddoksni, 2005 yilda efiopiyalik Zaxarani asrab oldi. Shundan keyin juftlik 2007-yilda vyetnamlik Paks Tyen ismli bolani asrab oldi. Juftlikning Shaylo ismli qizi, Noks Leon va Vivyen Marshelin ismli egizaklari ham bor.

Foto: The Voice

Tom Kruz va Nikol Kidman

Juftlik ikki nafar farzandni: 1993-yilda Izabella Jeyn va 2005-yilda Konnor Entonini asrab olgan. Tom va Nikol ajrashganidan so‘ng bolalar otasi bilan qoldi. Keyt Urban bilan turmush qurgan Kidmanning Sandey Rouz va Feyt Margaret (surrogat ona dunyoga keltirgan) ismli qizlari, Kruzning esa Keti Xolms bilan turmushidan Suri ismli farzandi bor.

Foto: The Voice

Sandra Bullok

Jessi Jeymsga turmushga chiqqan Sandra farzand asrab olmoqchi edi, biroq juftlik farzand asrab olmasidan oldin ajrashdi. Aktrisa 2010-yilda Lui Bardo ismli o‘g‘il farzandni va uch yildan so‘ng Leyla ismli qiz farzandni asrab oldi.

Foto: The Voice

Sharliz Teron

Aktrisa 2012-yilda Jekson ismli bolani, 2015-yilda Ogast ismli qizni asrab olgan.

Foto: The Voice

Jeymi Li Kertis

Aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i Kristofer Gest 1986-yilda qizi Ennini va 1996-yilda o‘g‘li Tomasni vasiylikka olgan.

Foto: The Voice

Sheron Stoun

2000-yilda San-Francisco Chronicle muharriri Fil Bronshteynga turmushga chiqqan aktrisa Roen Jozefni asrab oldi. Juftlik ajrashganidan keyin bola otasi bilan qoldi. Aktrisa 2005-yilda Sheron Lerd Vonni, bir yildan so‘ng esa Kuinn Kellini asrab oldi.

Foto: The Voice

Ketrin Xaygl

Xonanda Jon Kelli bilan turmush qurganidan keyin aktrisa janubiy koreyalik Nensi Li ismli qizni asrab olishga qaror qildi. Juftlik 2009-yilda qizaloqni asrab olgan va AQSHga uchishdan oldin chaqaloqning yuragi operatsiya qilingan. Ular 2012-yilda Adelaida Mari Xopni asrab olid. 2016-yilning dekabr oyida esa juftlikning birinchi farzandi Joshua Bishop dunyoga keldi.

Foto: The Voice

Keyt Blanshett

2015-yilda aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i Endryu Apton chaqaloq Edit Vivianni asrab oldi. Juftlikning uchta: Deshil Jon, Roman Robert va Ignatius Martin ismli o‘g‘illari bor.

Foto: The Voice

Xyu Jekman

Deborra Li Fernessning farzandi bir necha bor nobud bo‘lganidan so‘ng juftlik ikki nafar farzandni asrab olishga qaror qildi. Ular 2000-yilda o‘g‘li Oskar Maksimilianni va 2005-yilda qizi Ava Eliotni asrab olgan.

Foto: The Voice

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »